Chop etish

IJODKOR O`QITUVCHILAR

U.M.Nosirov

Algebra va matematik analiz asoslari“ darsligi ikki qismdan iborat bo‘lib, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari uchun mo‘ljallangan hamda shu fan bo‘yicha akademik litseylar va kasb-hunar  kollejlari  o‘quv  rejasiga  asosan,  aniq  fanlar  yo‘nalishi,tabiiy  fanlar yo‘nalishi,  shuningdek, matematika  umumta’lim fani sifatida o‘rganiladigan guruhlarning „Algebra va matematik analiz asoslari“ kursining  o‘quv  dasturidagi barcha  materiallarni o‘z ichiga oladi. Mualliflarning SamDU akademik litseyida to‘plagan ish tajribalari asosida yaratilgan ushbu darslikning I qismi sakkiz bobdan iborat bo‘lib, unda quyidagi mavzular yoritilgan:

— to‘plamlar nazariyasi va matematik mantiq elementlari;

— haqiqiy sonlar;

— kompleks sonlar va ular ustida amallar;

— ko‘phadlar;

— algebraik ifodalar;

— algebraik tenglamalar va tengsizliklar;

— funksiyalar;

— ko‘rsatkichli va logarifmik funksiyalar.

Har bir bob paragraflarga, paragraflar esa  bandlarga bo‘-lingan. Materiallar bayonida mualliflar nazarida zarur deb hisob-langan o‘rinlarda to‘plamlar nazariyasi va matematik mantiq ele-mentlari tilidan foydalanilgan.

Darslikning  yaratilish  jarayonida  akademik litsey o`qituvchisi U.M.Nosirov ishtirok etdi.

Ushbu darslik 2002-yilda o‘tkazilgan „Yilning eng yaxshi darsligi va o‘quv adabiyoti“ respublika tanlovida birinchi o‘rinni egallagan.

 

2020 YILDA 2 NAFAR O’QITUVCHIMIZ FALSAFA DOKTORI (PHD) DISSERTASIYASINI HIMOYA QILIISHDI. ULAR:

1) Z.B.Kuziyev.  - Iktisodiyot fanlari buyicha  "Talim tizimida xizmatlar va tadbirkorlik faoliyati samaradorligini oshirish" mavzusida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga;

2) A.J.Bodirov.  – O’zbekiston tarixi fani bo’yicha  “Samarqand viloyatidagi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot (1925-1941yy.)” mavzusida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega bo’lishdi.

FOYDALI SAYTLAR