Chop etish

Ilg`or Pedagogik Texnologiyalar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Malakali pedagogik kadrlar tayyorlash hamda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini shunday kadrlar bilan ta’minlash tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida» 2012 yil 28 maydagi qarori ta’lim tizimiga ilg‘or pedagogik texnologiyalarni qo‘llash orqali ta’lim sifat va samardorligini oshirish dolzarb vazifalardan biri sifatida belgilangan.

Ta’limning barcha bosqichlariga oid umumiy pedagogik va didaktik talab talaba (yoki o‘quvchi)larning dasturiy bilim, tasavvur va ko‘nikmalari asosida mustaqil ishlash samaradorligini takomillashtirish, ilmiy fikrlashga, o‘quv faniga qiziqishini kuchaytirish, kasbiy bilimlarini chuqurlashtirish, nazariy  va amaliy mashg‘ulot mobaynida ularning faolligini oshirishdan iboratdir.  Jahon pedagogik tajribasi, zamonaviy  pedagogik texnologiyalarning talaba (yoki o‘quvchi)larni fanlarga qiziqtirishga, ularning mustaqil ishlashda faolliklarini oshirishga imkoniyati cheksiz ekanligini tasdiqlamoqda.

            Ta’limning bugungi vazifasi o‘quvchilarni kun sayin oshib borayotgan axborot-ta’lim muhiti sharoitida mustaqil ravishda faoliyat ko‘rsata olishga, axborot oqimidan oqilona foydalanishga o‘rgatishdan iboratdir. Buning uchun ularga uzluksiz ravishda mustaqil ishlash imkoniyati va sharoitini yaratib berish zarur.

            Ta’limning samaradorligini oshirish, shaxsning ta’lim markazida bo‘lishini va yoshlarning mustaqil bilim olishlarini ta’minlash uchun ta’lim muassasalarida yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan va o‘z sohasidagi bilimlarini mustahkam egallashdan tashqari zamonaviy pedagogik texnologiyalarni va interfaol usullarni biladigan, ulardan o‘quv va tarbiyaviy mashg‘ulotlarni tashkil etishda foydalanish qoidalarini biladigan o‘qituvchilar kerak. Buning uchun barcha fan o‘qituvchilarini zamonaviy pedagogik texnologiyalar va interfaol usullar bilan qurollantirish va olgan bilimlarini o‘quv-tarbiyaviy mashg‘ulotlarda qo‘llash malakalarini uzluksiz oshirib borish lozim.

O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalarida dars jarayoniga interfaol usullarni qo‘llash, o‘quvchilarni dars maboynida faol ishlashga undash, mustaqil ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish orqali ta’lim sifat samaradorligini oshirish ta’lim sohasining dolzarb masalallardan biridir.

Ushbu tavsiyanoma o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘qituvchilarning umumta’lim va umumkasbiy  fanlarni o‘qitish jarayoniga interfaol usullarni qo‘llash orqali ta’lim sifat va samaradorligiga erishishda metodik yordam beradi deb umid  qilamiz.

 

 

 

Interfaol metodlar

O‘qitish metodlari – bu ta’lim mazmunini o‘zlashtirilishini ta’minlovchi o‘qtituvchi va ta’lim oluvchi o‘rtasidagi o‘zaro harakatlar ketma-ketligi tizimi.

O‘qitish metodlari o‘quv jarayonining asosiy qismi hisoblanib, ta’lim jarayonidagi sub’ektlarning o‘zaro harakatini  tavsiflaydi, shu bois, tegishli  metodlarsiz o‘quv faoliyatini maqsadli amalga oshirib bo‘lmaydi. 

 Zamonaviy pedagogik-psixologik  tadqiqotlarning amaliy yo‘nalishi sifatida bugungi kunda  pedagogikada o‘qitishning bir necha metodlari farqlanadi:

            1. Passiv – ta’lim oluvchi o‘qitishning  “ob’ekti” sifatida namoyon    bo‘ladi (tinglaydi va ko‘radi);

            2. Aktiv – ta’lim oluvchi o‘qitish  jarayonining “sub’ekti” sifatida namoyon bo‘ladi (mustaqil ish, ijodiy topshiriqlar);

            3. Interfaol – pedagog va ta’lim oluvchilarning o‘zaro hamkorligi.

            Interfaol so‘zi inglizcha so‘z bo‘lib, «inter» - o‘zaro va «act» - harakat qilmoq ma’nolarini bildirib, ularning umumiy mazmuni interfaol - ya’ni o‘zaro harakat qilmoq ma’nosini anglatadi. Bunday  o‘zaro harakat turlariga “talaba – o‘qituvchi” va  “talaba-talaba”ning maqsadli harakatlarini kiritish mumkin.  Interfaol o‘qitishda o‘qituvchi o‘quv faoliyatninig faol tashkilotchisi bo‘lib, o‘quvchi bu faoliyatning sub’ekti sifatida namoyon bo‘ladi.

            Interfaol o‘qitish bu bilish faoliyatini rivojlantirishning maxsus tashkiliy shakli bo‘lib, interfaol o‘qitish jarayonida ta’lim oluvchi o‘qitishning ob’ektidan o‘zaro hamkorlikning sub’ektiga aylanishi,   o‘quv jarayonida faol ishtirok  etishi bilan tavsiflanadi.

            Interfaol metodlar deganda – tahsil oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga undovchi metodlar tushuniladi. Bu metodlar qo‘llanilganda ta’lim beruvchi tahsil oluvchini faol ishtirok etishga chorlaydi, tahsil oluvchilar butun jarayon davomida faol ishtirok etadi. Quyida ana shunday metodlarning ba’zi birlarini namuna sifatida keltiramiz.   

           

 

Interfaol usullarning maqsadi, vazifasi, shakli va vositalari.

Interfaol metodlar o‘qituvchi bilan o‘quvchining faol munosabati, bir-birini to‘liq tushuntirishga asoslanadi. Interfaol metodlarni o‘quv jarayoniga joriy etishning tub maqsadi - dars qaysi shaklda bo‘lmasin, qayerda o‘tkazilmasin darsda o‘qituvchi bilan o‘quvchining hamkorlikda ishlashini tashkil etishidir. O‘qituvchi darsda tegishli muammolarga o‘quvchilarni jalb etishi, ularning harakatini faollashtirishi va natijada o‘zlashtirishlarini ta’minlashi lozim. Bunda o‘qituvchi faqat fasilitator (yo‘l yo‘riq ko‘rsatuvchi, kuzatuvchi, xulosalovchi) vazifasini bajaradi. Ushbu metodlar orqali    o‘quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatlari rivojlantirilib, ularda erkin fikrlash, mustaqilqaror qabul qilish, hissiyotlarni boshqara olish, tanqidiy va ijodiy fikr yuritishning rivojlanishiga zamin tayyorlanadi.

Interfaol usullarning asosiy maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:

1. O‘quvchilarni mustaqil, ijodiy, tanqidiy, mantiqiy fikrlashga o‘rgatish;

2. Muammoli vaziyatni amaliy va hayotiy topshiriqlar asosida yechish;

3. O‘z-o‘zini fikrlashga majbur etish;

4. Faollashtirish;

5. O‘quvchilarni tashkilotchilik va yo‘naltiruvchanlikka undash:

6. Do‘stona munosabatlarni shakllantirish.

Interfaol usullardan foydalanishda quyidagi shakllarda darslarni tashkil etish mumkin:

Yakka tartibda ishlash;

Juftlikda ishlash;

3. Kichik guruhlarga ishlash;

4. Tabaqalashtirish;

6. O‘zaro muloqot va hamkorliklikda ishlasni tashkil etish.

 

FOYDALI SAYTLAR