Chop etish

LITSEY ICHKI - TARTIB QOIDASI

O’QUVCHILARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

SamDChTI akademik litseyiga o’quvchilarni qabul qilish O’zbekiston Respublikasi O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi Markazining o’quvchilarni qabul qilish tartib qoidalari Nizomi asosida aniqlangan intellekt koeffisiyentlariga va ayrim predmetlarga bo’lgan qiziqishlariga alohida e’tibor beriladi.

O’zbekiston Respublikasi fuqarolari hamda amaldagi qonunchilikka muvofiq qabul qilingan chet el fuqarolari lisey o’quvchisi bo’lishi mumkin.

Akademik litseyga mutaxassislik fanlari bo’yicha Respublika va viloyat olimpiadasi g’oliblari tanlovsiz qabul qilinadi.
 

SamDChTI   akademik litseyi o’quvchilari quyidagi huquqlarga ega:

- akademik litsey va SamDUning o’quv binolari, laboratoriyalari, kutubxona, sport majmualaridan teng huquqli foydalanish, o’zlarining tabiiy qobiliyatini namoyon qilish va rivojlantirish, o’z salohiyatini o’stirish, o’z bilimlarini ma’lum fan sohalari bo’yicha chuqurlashtirish;

- zamonaviy fan va texnika taraqqiyotiga mos bilimlarni olish;

- o’quv rejasi doirasida ixtisolik ta’limini tanlash;

- o’z-o’zini boshqaradigan o’quvchilar organiga saylash va saylanish, o’quv yurti faoliyatidagi eng muhim masalalarni hal qilishda ishtirok etish;

- litseyning ijodiy va ishlab chiqarish faoliyatida ishtirok etish;

-o’quv rejasi doirasidan tashqari ayrim fanlardan bilim olish.
 

SAMDChTI  AKADEMIK LITSEYI O’QUVCHILARNING VAZIFALARI:

- ta’lim bo’yicha o’quv rejalari va dasturlari asosida mo’ljallangan hamma vazifa turlarini belgilangan muddatda bajarish, litsey Nizomi va ichki tartib qoidalariga rioya qilish;

- xushmuomalali bo’lish, jamoat tartibiga rioya qilish;

- ilmiy kengashlarda, konferensiyalarda va litseyning boshqa o’quv-tarbiyaviy tadbirlarida faol qatnashish;

- davlat mulkini (jihozlar, o’quv qo’llanmalari, kitoblar, asboblarni) ko’z qorachig’idek asrash;

- maxsus chuqurlashtirib o’tilayotganlar fanlar bo’yicha boshlang’ich ilmiy izlanishlar olib borish;

- o’qitish, ovqatlanish, madaniy dam olish shart-sharoitlarini yaxshilashga o’z xissasini qo’shish;

O’qishdagi yutuqlari, o’quv-ilmiy, ijodiy faoliyati va boshqa ishda faol qatnashganligi uchun litsey o’quvchilariga turli xil axloqiy va moddiy taqdirnomalar belgilanadi.

30 soatdan ortiq sababsiz mashg’ulotlarga qatnashmagan, attestasiyadan yoki yakuniy nazotardan o’tmagan, 3 (uchtadan) ortiq fanlarni qoniqarsiz o’zlashtirgan, litsey Nizomini qo’pol va takroran buzgan, litseyning ichki tarrib qoidalariga rioya qilmagan, litseyning mulk va asbob-uskunalariga shikast yetkazgan o’quvchilar litsey ilmiy pedagogik kengashining qaroriga muvofiq o’qishdan chetlashtiriladi va yo’nalishiga mos kasb-hunar kollejiga o’qishga tavsiya etiladi. O’quv reja dasturlarining barcha talablarini to’la bajargan o’quvchilar davlat attestasiyasiga qo’yiladi.

O’quvchilarga belgilangan namuna asosida litsey talabasi guvohnomasi va reyting daftarcha beriladi. Akademik litsey bitiruvchilariga ta’limning keyingi bosqichlarida o’qishni davom ettirish yoki mehnat faoliyati bilan shug’ullanish huquqini beruvchi davlat nusxasidagi diplom beriladi. Hulqi namunali bo’lgan, barcha fanlardan yillik yakuniy reyting baholari «a’lo» bo’lgan. Davlat attestasiya imtihonlarini «a’lo» baholarga topshirgan o’quvchilarga «A’lo darajali diplom» beriladi. Akademik Litseylarga qabul qilish, biridan ikkinchisiga o’tkazish, o’qishdan chetlashtirish jarayonlari o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi Markazining hujjatlarida qayd etilgan talablarga muvofiq amalga oshiriladi.

OTA-ONANING FARZAND OLDIDAGI BURCHLARIDAN BIRI – UNI BIRON-BIR KASB EGASI QILISHDAN IBORAT
 

«Voyaga yetmagan bolalarning ota-onalari yoki qonuniy vakillari bolaning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilishlari shart hamda ularning tarbiyasi, maktabgacha, umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’lim olishlari uchun javobgardir».

«Ta’lim to’g’risida»gi Qonunning (29.08.1997 yil 30-moddasi).

«Voyaga yetmagan bolalarga ta’lim va tarbiya berish majburiyatlarini bajarmasligi Bilan birga voyaga yetmaganlarni ma’muriy huquqbuzarlikka undagan ota-onalar yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxslar eng kam ish haqining 1-3 barobarida jarimaga tortiladi».

Ma’muriy javobgarlik kodeksi (22.09.1994 yilning 47-moddasi).

 

cc

FOYDALI SAYTLAR