Chop etish

Psixologik xizmatlar

Akademik litsey ruhshunosi: Qodirov Asatillo Amrilloyevich

Ma`lumoti: Oliy (SamDU,Pedagoika-Psixologiya fakulteti.2006-2010yil)

Telefoni: +998 (93) 356-74-03

NIZOM

I. Umumiy qoidalar

Psixologik xizmat xonasi O’zbekiston Respublikasi umumta’lim maktablarida barkamol insonni shakllantirish, o’quvchilarning shaxsiy va intellektual jihatdan rivojlanishini tashxis qilish, ta’lim-tarbiyadagi psixologik nuqsonlarni aniqlash, o’quvchilarning intellektual rivojlanishida sodir bo’lishi mumkin bo’lgan har qanday salbiy og’ishlarni o’z vaqtida oldini olish, shuningdek, o’quv jarayonida o’quvchining qobiliyatlari, imkoniyatlari, o’ziga xos (individual) xususiyatlarini o’rganish, kasb-hunarga moyilliklari, qiziqishlari va ko’nikmalarini hisobga olgan holda, ularga akademik lisey yoki kasb-hunar kollejlaridagi ta’lim yo’nalishini tanlashda ko’maklashish, oilada, jamoada uning a’zolari o’rtasida sodir bo’ladigan turli nizolar sababli shaxsdagi ruhiy kechinmalarni yengillashtirish, stress holatlarni bartaraf etish, maktab pedagogik jamoasini hamda o’quvchilar va ota-onalarni psixologik bilimlarni egallashga jalb etish, ularning psixologik madaniyatini oshirishga qaratilgan turli mashg’ulotlar, o’quvlar, ma’ruzalar, treninglar, individual suhbatlarni yetarli jihozlar bilan ta’minlangan qulay sharoitda amalga oshirish maqsadida tashkil etiladi.

IIPsixologik xizmat xonasining asosiy vazifalari

O’quvchilar, o’qituvchilar va ota-onalarga psixologik maslahat berish, psixologik tashxis, psixologik korreksiyaga oid tadbirlarni o’tkazish, tarbiya va axloq masalalarida o’qituvchilar va murabbiylar bilan hamkorlikda kechalar, davra suhbatlari, ko’rik - tanlovlar, korreksion-rivojlantiruvchi mashg’ulotlar, psixologik treninglar va o’quvchilar orasida tushuntirish ishlarini tashkil etish, shaxs va jamoaga faol ruhiy ta’sir o’tkazishga oid ruhiy muvozanatlashtirish treninglarini olib borish, o’quvchilarning layoqati, qiziqishi va qobiliyatlarini tashxis qilish hamda ularning qobiliyatlariga mos kasb-hunarlarni ongli tanlashlariga ko’maklashish uchun qulay sharoit yaratish.

III. Psixologik xizmat xonasiga qo’yiladigan talablar

Umumiy o’rta ta’lim maktablarida psixologik xizmat xonasining tashkil etilishi, o’quvchilarning individual-psixologik xususiyatlarini o’rganish bilan shaxsning har tomonlama kamol topishi, ma’naviy hamda aqliy rivojlanishi, o’zligini anglashi va qobiliyatlarini namoyon etishlari uchun tegishli sharoitlar yaratishga imkon beradi.

Psixologik xizmat xonasining faoliyatiga quyidagi yo’nalishlar doirasida talablar qo’yiladi.

1. Pedagogik talablar.

2. Psixologik-fiziologik talablar.

3. Texnika xavfsizligi va gigiyenik  talablar.

4. Estetik talablar.

Pedagogik talablar

Psixologik xizmat xonasida korreksion-rivojlantiruvchi mashg’ulotlar, psixologik tashxis, psixotreninglar, individual suhbat, psixologik maslahatlar bilan bir qatorda turli psixologik o’quvlar o’tkaziladi, psixologik va kasb-hunarga yo’naltiruvchi bilimlar beriladi.

Yuqoridagi vazifalardan kelib chiqib, psixologik xizmat xonasining jihozlanishida pedagogik muhit yaratish, shaxsning ruhiyatiga xonaning ijobiy pedagogik ta’sir o’tkazishi inobatga olinib, u barcha pedagogik mezonlar va me’yorlarga mos kelishi kerak.

Psixologik-fiziologik talablar

Psixologik xizmat xonasini jihozlashda xonaning ta’mirlanishi, jihozlari va materiallarining barchasi psixologik-fiziologik qonuniyatlarga amal qilingan, qo’llashda qulay bo’lishi, ulardan foydalanganda o’qituvchi va o’quvchilarda qanoatlanish hissiyotlarini uyg’otishi nazarda tutiladi.

Texnika xavfsizligi  va gigiyenik talablar

Xonaga o’rnatilgan barcha elektrotexnika jihozlari, jumladan, shaxsiy kompyuterning elektr tarmoqlariga ulanishi texnika xavfsizligi qoidalariga javob berishi kerak;

psixologik xizmat xonasini yoritgichlar bilan ta’minlashda ularning zamonaviyligiga, butun xonani me’yorida yoritishiga va xavfsizligiga e’tibor qaratiladi;

psixologik trening mashg’ulotlari, psixologik tashxis qilish va individual suhbat o’tkazish jarayonlarida texnika vositalaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga to’liq rioya qilinishi lozim.

Estetik talablar

Psixologik xizmat xonasidagi jihozlar, axborot beruvchi vosita va materiallarning umumiy ko’rinishi estetik talablarga mos kelishi, did bilan jihozlanishi hamda ularning zamonaviy bo’lishiga e’tibor qaratilishi, bu o’quvchilarning go’zallikka bo’lgan ijobiy intilishini tarbiyalashiga ahamiyat berilishi lozim

IV.   Xonaning o’quv va moddiy - texnik ta’minoti

Umumta’lim maktablaridagi psixologik xizmat xonasi, maktab binosining birinchi qavatida, kasb-hunarga yo’naltirish va tibbiy xizmat xonasi bilan yonma-yon, ya’ni bitta binoda bo’lishi maqsadga muvofiq. Mazkur xona uchun kamida 36 kv.m. maydondagi xona ajratiladi.

Psixologik xizmat xonasining o’ng tomonidagi burchagining 5 kv.m. joyi individual suhbat o’tkazish burchagi uchun, 16 kv.m. esa shkaf, stol-stul, doska va boshqa jihozlar uchun, 15kv.m. joy o’quvchilarning erkin harakatlanishlari uchun qoldiriladi.

Xona jihozlari va ularga qo’yiladigan talablar

 

Jihozlar nomi

Soni

Tavsiya etiladigan sifatlari

1

Shkaf (burchakli)

1 ta

Yog’och rangida

2

Stol (individual) va stullar

15 ta

Och yashil yoki yog’ochrangida

3

Psixolog uchun stol-stul (2 ta tortmali stol)

1 ta

Yog’och rangida

4

Doska (ko’chma)

1 ta

Oq yoki to’q yashil rangda

5

Kichik jurnal stoli (individual suhbat burchagi uchun)

1 ta

Oynali

6

Kreslo (individual suhbat burchagi uchun)

2 ta

Oq yoki yashil rangda

7

Xona deraza tokchalariga tuvakli tabiiy gullar

10 ta

Turli nom va navlardagi

8

Pardalar (jalyuz) derazalar soniga qarab

 

Oq rangda

9

Palos

2 ta

Jigar rang

10

Akvarium (baliqlari bilan)

1 ta

11

100x70 sm o’lchamdagi ko’zgu (ruhiyengillashtirish uchun)

1 ta

Tryumo ko’rinishida

12

Kompyuter, printeri bilan

1 ta

Oq yoki kul rang

13

Yoritgich (stol lampasi)

1 ta

Oynali

14

Gul qog’oz (Fotooboy) – tabiat manzarasi

1 ta

Moviy, och yashil

 

Dahliz(koridor)dagi jihozlar ro’yxati

Jihozlar nomi

Soni

Rangi

1.

Stend (1-stend psixologik xizmat nima va u o’quvchilar, ularning ota-onalariga qanday yordam ko’rsata olishini, 2-stend psixologiya fani yangiliklarini aks ettiruvchi bo’lishi kerak)

2 ta

Och ranglarda

2.

Ishonch qutisi

1 ta

Yog’och rangida

 

Xonadagi jihozlarning tavsifi

Jihozlarning rangi, tuzilishi, dizayni, qulayligi shaxs psixologiyasiga katta ta’sir ko’rsatishini inobatga olib, psixologik xizmat xonasini ta’mirlashda va jihozlarni tanlashda ularning rangiga, joylashtirish uchun qulayligiga, birining ikkinchisi bilan uyg’unlashib ketishiga ahamiyat berilishi lozim.

Och yashil rangning shaxsni tinchlantiruvchi xususiyati inobatga olinib, psixologik xizmat xonasi devorlarining rangi och yashil bo’lishi tavsiya etiladi. Polning jigar rangda bo’lishi esa shaxsda o’ziga ishonch va qat’iyatlilik hislarini uyg’otadi. Xonaning shifti oq rangda bo’lishi, shaxsda yengil kayfiyat hissini uyg’otib, diqqatini jamlashga yordam beradi.

Psixologik xizmat xonasida o’quvchilar uchun 15 ta individual stol, 15 ta yumshoq stul va psixolog uchun 1 ta stol, 1 ta stul bo’lishi lozim. Xonada o’tkaziladigan mashg’ulotlarning shartlariga ko’ra stol va stullar turlicha joylashtiriladi. Individual stollarni tanlash va turli shakllarda joylashtirish, psixolog uchun o’quvchiga individual yondoshish imkoniyatini beradi va o’quvchilar orasidagi oraliq masofa buzilmaydi. Oraliq masofaning buzilmasligi esa, har bir shaxsning ruhiyatiga ma’lum darajada ta’sir ko’rsatib, ularning erkin va mustaqil fikrlashi hamda o’zida ishonch tuyg’ularini shakllantirishda yordam beradi.

Imkoniyat darajasida psixologik xizmat xonasiga jihozlarni kamroq burchaklilarini, ya’ni burchaklari aylana shakldagi jihozlarni tanlash va to’g’ri joylashtirish tavsiya etiladi. Xona jihozlaridagi qirra va to’g’ri burchaklar aqliy mehnat jarayonida fikrlar izchilligi, mantiqiy bog’liqlik va shaxsning ong osti faoliyatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.

Xonadagi jihozlarning rangi devor rangi bilan uyg’unlashishi makon kengligi va psixologik shinamlikni vujudga keltiradi. Shuning uchun jihozlarning rangini tanlashga alohida e’tibor bilan qarash kerak.

Psixologik xizmat xonasidagi shkaf xonaning chap tomoniga joylashtirilib, uning bir tomonida me’yoriy hujjatlar, diagnostika natijalari, ish hujjatlari, ikkinchi tomonida ko’rgazmali qurollar, didaktik materiallar, psixodiagnostik test va uslubiy qo’llanmalar, jurnal va boshqa psixologik adabiyotlar joylashtiriladi. 

Psixologik xizmat xonasida  internet tizimiga ulangan personal kompyuter va printer bo’lishi psixologga internet tarmog’iga chiqish, multimediyadan unumli foydalanish, o’qituvchi va o’quvchilar o’rtasida turli psixologik hamda intelektual testlarni o’tkazish, barcha psixodiagnostik ma’lumotlar banklarini to’plash imkoniyatini beradi.

Amaliyotchi psixolog maktabda psixologik ma’rifat va tashviqot, psixologik profilaktika, korreksiya, maslahat va kasb-hunarga yo’naltirish ishlarini olib borish bilan birga, maktabda o’tkaziladigan tadbirlarga psixologik xulosalarini berib boradi. Bunday hajmdagi ishlarni olib borish uchun albatta, kompyuter bo’lishi lozim.

Psixologik xizmat xonasining derazalarida oq parda yoki zamonaviy jalyuzlar bo’lishi shaxsda jo’shqinlik hissini uyg’otadi, mehnat faoliyatining samaradorligini ortishiga olib keladi.

Xonaning o’ng tomonida individual suhbatlarga mo’ljallangan psixologik burchak tashkil etilib, ikkita kreslo, jurnal stoli, stol lampasi, tuvaklarda xonaki gullar joylashtiriladi. Kreslo suhbat vaqtida bemalol o’tirishga imkoniyat yaratadi, xonadagi tabiiy gullar shaxsning kayfiyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi hamda xona havosini yangilaydi. Psixologik xizmat olib borishda akvariumning bo’lishi shaxsga o’z ijobiy ta’sirini ko’rsatadi, undagi diqqat turg’unligini oshiradi.

Xona poygagidagi devorning 6 kv.m. ga tabiat manzarasi aks ettirilgan gulqog’oz yopishtiriladi. Gulqog’ozni tanlashda albatta tabiat manzarasi bo’lishi va unda tabiatning eng chiroyli manzaralaridan tog’, sharshara, yaylovlar, gulzorlar, daryo va dengizlarning bo’lishiga e’tibor qaratish zarur. Eng ahamiyatli jihatlardan biri esa gulqog’ozdagi ranglarning xona rangiga uyg’un, ya’ni, tabiat manzaralarida moviy, och yashil ranglar ko’proq bo’lib, ochiq havo manzarasi bo’lishi kerak. Bunday ranglarni tanlash xonada psixologik muhitni yaratishga, shaxs tasavvurini rivojlantirishga imkoniyat beradi va psixotreninglarni o’tkazishda ko’rgazmali material sifatida ham xizmat qiladi. 

Tabiat manzaralari rasmini tanlashda qo’rqinch, xavotir hislarini paydo qiluvchi to’q rangli qalin o’rmonlarni, cho’l va sahrolarni, qiyalik va tog’u-toshlarni tanlamaslik kerak. Bunday tabiat manzaralari shaxsda qo’rqish, tushkunlik, ta’sirchanlik hislarini paydo qilib, xonadagi psixologik muhitni buzadi va individual suhbat, psixotrening hamda korreksion-rivojlantiruvchi mashg’ulotlarni o’tkazishda salbiy ta’sir ko’rsatadi.

Xonada harakatlanuvchi ko’chma doska bo’lishi, trening tartibiga ko’ra mashg’ulotlarni olib borishda, joyni xohlagan tartibda o’zgartirish imkoniyatini yaratadi. Doskaning oq rangda bo’lishi turli rangdagi markerlardan foydalanish uchun qulaylik yaratib, trening jarayonida o’quvchilarning e’tiborini tortishga, mashg’ulotlarni rang-barang va qiziqarli o’tishiga yordam beradi.

Pol va gilam-palosning jigar rangda bo’lishi shaxsda ishonch va qat’iyatlilik hislarini uyg’otadi. Xonada gilam-palosning bo’lishi shinamlikni ta’minlash bilan birga korreksion-rivojlantiruvchi mashg’ulotlar va treninglarni o’tkazishda o’qituvchi va o’quvchilarning erkin harakatlanishlari uchun xizmat qiladi.

Psixologik xizmat xonasiga kirishdagi yo’lakda «Ishonch qutisi» joylashtiriladi. Ishonch qutisining eni 25 sm va bo’yi 35 sm o’lchamda (qulf-kalitli) bo’ladi. Qutining yuza qismiga «Ishonch qutisi» deb yoziladi. «Ishonch qutisi» o’quvchilarning sirli savol va muammolari paydo bo’lganda psixolog bilan ilk muloqotga kirishish vositasi hisoblanadi.

«Psixologik maslahatlar», «Psixologik monitoring» stendlari va «Ishonch qutisi» yo’lakka psixologik xizmat xonasining eshigi yoniga joylashtiriladi.

«Psixologik maslahatlar» burchagi qiziqarli psixologiya, psixologiya yo’nalishidagi yangiliklar, umumiy yo’nalishdagi psixologik maslahatlar, g’aroyib xodisalarga oidma’lumotlar, risolalar, qo’llanmalar va testlar bilan jihozlanadi. Mazkur burchakdagi ma’lumotlarni boyitib borish va ularni tez-tez yangilab turish o’quvchi, o’qituvchi hamda ota-onalarning psixologik bilimlarini, psixologiya faniga qiziqishlarini oshirishga yordam beradi.

«Psixologik monitoring» burchagida psixologik xizmat yo’nalishida olib borilayotgan ishlarning monitoringi natijalari aks etishi kerak.

V. Psixologik xizmat xonasida yuritiladigan va saqlanadigan  hujjatlar

Psixologik xizmat xonasida quyidagi ish hujjatlari bo’lishi va o’rnatilgan tartibda yuritilishi lozim.

Psixologik xizmat xonasining pasporti

O’quv yili _______________________________________________

Xonaga javobgar shaxs _____________________________________

Sentyabr oyi holatiga mavjud jihozlar   ____________________

_________________________________________________________

Yanvar oyi holatiga mavjud jihozlar _______________________

_________________________________________________________

_________________________________________________________

Iyun oyi holatiga mavjud jihozlar ________________________

_________________________________________________________

_________________________________________________________

 

Psixologik xizmat ko’rsatish xonasidagi rasmiy, me’yoriy va ish hujjatlari

Amaliyotchi psixologlar maktabda psixologik xizmatning 6 ta (psixologik ma’rifat, psixologik-pedagogik tashxis, psixologik profilaktika, psixologik korreksiya va rivojlantirish, psixologik maslahat, kasb-hunarga yo’naltirish) yo’na

lishi bo’yicha faoliyat olib boradi va ulardan mazkur yo’nalishlar doirasidagi ish hujjatlarining yuritilishi talab etiladi.

Mazkur yo’nalishlar doirasida psixolog tomonidan yuritilgan har bir hujjat birinchidan, psixologning o’zi uchun o’quvchi shaxsining barcha jihatlari, uning oilaviy muhiti,atrofdagilarning ta’siri, xatti-harakati hamda xulq-atvoridagi o’zgarishlar, buzilishlar va boshqalar xususida to’plangan ma’lumotlar tizimining yaratilishiga, ushbu ma’lumotlarni birini ikkinchisi bilan taqqoslashdan olingan xulosalarning to’planib borishiga imkoniyat yaratadi.

 Ikkinchidan, ish hujjatlarining mavjudligi psixolog faoliyatining bosqichma-bosqich, tizimli ravishda borishini va yuqori natijalar olishga erishilishini ta’minlaydi.

Rasmiy va me’yoriy hujjatlar

1.  O’zbekiston Respublikasining ta’limga, voyaga yetmaganlar huquqlarini muhofaza qilishga oid qonun hujjatlari, Respublika Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmon va farmoyishlari.

2.  O’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi muassasalarida psixologik xizmat to’g’risida Nizom.

3.  O’zbekiston Respublikasida o’quvchi yoshlarni kasb-hunarga yo’naltirish tizimini rivojlantirish Konsepsiyasi.

4.  Me’yoriy hujjatlar to’plami (buyruqlar, qarorlar, farmoyishlar, bayonnomalar).

5.  «Maktab va hayot» jurnalining to’plamlari.

6.  Hisobotlar.

Shuningdek, yuqori tashkilotlardan kelgan hujjatlar ijrosini nazorat qilish daftari yuritiladi.

Tarqatma (didaktik) materiallar

1.   Testlar

2.   So’rov varaqalari

3.   Javob varaqalari

4.   Trening  dasturlariga doir turli tarqatma materiallar

5.   Korreksion-rivojlantiruvchi mashg’ulotlarga doir tarqatma materiallar

6.   Psixologik tashxis qilishga doir tarqatma materiallar

Xonaning o’quv metodik ta’minoti

1.   Psixologik-pedagogik tashxis metodikalari majmuasi

2.   Kasb-hunarga yo’naltiruvchi tashxis metodikalari majmuasi.

3.   Korreksion mashg’ulotlar o’tkazish bo’yicha uslubiy qo’llanmalar.

4.   “Psixologik salomatlik maktabi” korreksion mashg’ulotlar to’plami (2002, 2005, 2007 yillar)

5.   6 yoshli bolalarni maktabga tayyorlik darajasini aniqlash bo’yicha metodikalar to’plami.

6.   Trening mashg’ulotlarini o’tkazish bo’yicha metodikalar majmuasi.

7.   Iqtidorli va iste’dodli bolalarni aniqlash hamda ular bilan ishlash bo’yicha test savollari, uslubiy qo’lanmalar.

8.   Tarbiyasi og’ir bolalar bilan ishlash, individual suhbat bo’yicha metodikalar.

9.   Iqtidorli va iste’dodli, shuningdek, tarbiyasi og’ir, pedagogik qarovsiz bolalar, ularning oilalari to’g’risida ma’lumotlar banki.

10. CD disklari (testlar, ko’rgazmali materiallar, metodikalar).

Psixologik ma’rifatga doir hujjatlar

1.      Pedagogika kengashi, seminar, metod birlashma, ota-onalar majlislari uchun tayyorlangan psixologik materiallar va ma’ruzalar.

2.      Pedagog xodimlarning psixologik bilimlarini oshirish bo’yicha tadbirlar materiallari.

3.      O’quvchilarning psixologik bilimlarini oshirish bo’yicha tadbirlar materiallari.

Psixologik-pedagogik tashxisga doir hujjatlar

1.   Psixologik tashxis metodikalari:

          iqtidorli bolalarni aniqlashga doir metodikalar;

          pedagog xodimlar bilan ishlashga doir metodikalar;

          6 yoshli bolalarning maktabga moslashuvi va rivojlanish dinamikasini o’rganishga doir metodikalar;

          o’zlashtirishi past, ruhiy og’ish va kechikishlarni tashxis etishga doir metodikalar;

          jamoada ijtimoiy muhitni o’rganishga doir metodikalar;

          o’quvchilarni kasb-hunarga qiziqishi, qobiliyati, layoqatini tashxis qilish bo’yicha metodikalar.

2.   6 yoshli bolalarni hisobga olish jurnali.

3.   Tarbiyasi qiyin bolalar va o’smirlarning psixologik xususiyatlarini  o’rganish natijalari.

5. Psixologik tashxisning qayta ishlangan natijalari, rasmiylashtirilgan xulosalar, berilgan tavsiyalar.

6. Guruhiy psixologik tashxisning qayta ishlangan natijalari, rasmiylashtirilgan psixologik xulosalar.

7. “Psixologik-pedagogik tashxis daftari”

Psixologik profilaktikaga doir hujjatlar

1.   Pedagoglar uchun ma’ruza, suhbat va trening materiallari.

2.   Darslarning psixologik tahlili va beriladigan tavsiyalar.

3.   Psixologning maktabda psixologik muhitni o’rganish va uni barqarorlashtirish xususida olib borgan tadbirlari materiallari.

4.   Pedagogik konsiliumlar materiallari.

Psixologik korreksiya va rivojlantirishga doir hujjatlar

1.      Korreksion va rivojlantiruvchi metodikalar:

          Fanlarni sust o’zlashtirayotgan yoki o’zlashtira olmayotgan bolalar bilan individual va guruhlashtirilgan korreksion mashg’ulotlar;

          ziddiyatli va nizoli vaziyatlarni yumshatish bo’yicha korreksion mashg’ulotlar;

          o’quvchilarning psixik rivojlanishida sodir bo’ladigan salbiy o’zgarishlar, ruhiy og’ish va kechikishlarning oldini oluvchi korreksion mashg’ulotlar ishlanmalari.\

Psixologik maslahatga doir hujjatlar

1. Psixologik maslahat daftarlari:

o’quvchilar bilan olib boriladigan individual suhbatlar;

o’qituvchilar bilan olib boriladigan individual suhbatlar;

ota - onalar bilan olib boriladigan individual suhbatlar;

rahbar xodimlar uchun individual suhbatlar.

Kasb-hunarga yo’naltirishga doir hujjatlar

1. Tashxis xaritalari

2. Kasb-hunarga yo’naltirish bo’yicha o’tkaziladigan tadbirlar

3. Kasb-hunarga yo’naltiruvchi treninglar dasturlari

4. Kasb-hunarga yo’naltirish komissiyasining bayonnomalari 

5. Tavsiyanomalar berilishini qayd qilish jurnali

6. Respublikada, viloyatda va hududda faoliyat ko’rsatayotgan akademik liseylar va kasb-hunar kollejlari to’g’risida axborotnomalar, o’quv filmlari, video roliklar.

To’plangan barcha ma’lumotlar maxsus papkalarda psixologik xizmat xonasida saqlanadi.

O’quvchilar, ota-onalar, muassasa rahbarlari,

o’qituvchilar shaxsi bilan bog’liq barcha ma’lumotlar psixolog tomonidan sir saqlanishi va qulflanadigan shkaflarda jamlanishi shart.

FOYDALI SAYTLAR