Chop etish

KASABA UYUSHMASINI FAOLIYATI

SamDCHTI akademik litsey kasaba uyushma boshlang’ich tashkiloti  2004-2005-o’quv yilidan  boshlab faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Boshlang’ich kasaba uyushmasi tashkiloti raisi va tashkilot a’zolari  o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O’zbekiston Respublikasi “Fuqorolik kodeksi”, O’zbekiston Respublikasining “Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to’g’risida”gi  Qonuni, O’zbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari to’g’risida”gi Qonuni, O’zbekiston Respublikasining boshqa qonunlari, O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Ustavi, Tarmoq kasaba uyushmalarining Ustavlari, Inson huquqlari   umumjahon Deklaratsiyalariga asosan olib bormoqda.

     SamDCHTI akademik litseyi boshlang’ich kasaba uyushmasi tashkilotinin ish rejasi tuzilib, shu reja asosida  mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish, madaniy-ma’rifiy va sport yo’nalishidagi tadbirlarni o’tkazish, umumxalq bayramlarini nishonlash, ko’rik-tanlovlar, tadbirlar, kasaba  uyushmasi  byudjetini shakllantirish, mablag’larning sarflanishi bo’yicha moliyaviy hujjatlarni rasmiylashtirish bo’yicha bir qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda.                  

Kasaba uyushma tarkibi quyidagilardan iborat:

1. Usmanova S.N. -  rais (xorijiy tillar kafedrasi mudiri)

2. Ismoilov B. -  a’zo (ijtimoiy –gumanitar fanlar kafedrasi mudiri)

3. To’g’izboyev F. - a’zo (aniq fanlar kafedarasi bo’lim boshlig’i)

4. Islomova M. - a’zo (ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi)

Tashkiliy masalalar bo’yicha boshlang’ich kasaba uyushmasining pasporti, tashkilot a’zolari  ro’yxati tuzilgan. Boshlang’ich tashkilot yig’ilishlari o’tkazilib, ularning vakolatliligi ta’minlanib, bayonnomalari o’z vaqtida rasmiylashtirib kelinmoqda. Boshlang’ich kasaba uyushmasi tashkilotining ish rejasi tuzilgan bo’lib, reja asosida ishlar olib borilmoqda.

Jamoa shartnomalari, mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy  manfaatlarini himoya qilish bo’yicha  chora –tadbirlar  ishlab chiqilgan.

Boshlang’ich kasaba uyushmasi tashkiloti  tomonidan  reja asosida turli xil madaniy-ma’rifiy tadbirlar, kasb bayramlari, umumxalq bayramlari munosabati bilan o’qituvchilarni manaviy va moddiy rag’batlantirib kelinmoqda.

 O’qituvchi xodimlarni va ularning ota-onalari salomatligini tiklash maqsadida sihatgohlarga yo’llanmalar, ularning farzandlari uchun bolalar sog’lomlashtirish oromgohlariga yo’llanmalar bilan ta’minlab kelinmoqda.          

2017  yilda  O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 26 yilligi va bilimlar kuni munosabati bilan  madaniy-ma’rifiy   tadbir o’tkazildi va akademik litseyning 10 nafar ishchi xodimlari moddiy rag’batlantirildi. 

Sportning yengil atletika turi -futbol, voleybol, stol tennisi bo’yicha musobaqalar o’tkazildi va g’oliblar qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlandi. Akademik litsey ishchi xodimlari Toshkent shahriga sayoxatga yuborildi. Akademik litseyning ingliz tili fani o’qituvchisi Rustamov A. va talabalar turar joyi  tarbiyachisi  Bodirov F. larning nikoh to’ylari munosabati bilan moddiy  yordam ko’rsatildi.

O’qituvchilarning ijtimoiy-siyosiy  bilimini oshirish maqsadida gazeta va jurnallarga obuna tashkillashtirildi.

“O’qituvchilar va murabbiylar kuni” munosabati bilan  23 nafar o’qituvchi   va 5 nafar  ishchi xodimlar moddiy rag’batlantirildi. Konsert dasturi tashkillashtirildi.

 YoChT fani o’qituvchisi Isayev M. ga farzandining to’yi munosabati bilan moddiy yordam ko’rsatildi.

O’qituvchilar va ishchi xodimlar  paxta yig’im- terimiga  jalb etish bo’yicha hasharchilarga yashash sharoiti yaratish va navbatchiligini ta’minlash bo’yicha ishlar olib borildi.

Samarqand shahri kuniga  bag’ishlab madaniy-ma’rifiy tadbir o’tkazilib   va shahar bo’ylab sayohatlar uyushtirilmoqda.             

O’qituvchi va ishchi xodimlarni paxta yig’im-terimiga   jalb qilish bo’yicha  navbatchilik asosida hasharchilar bilan ta’minlash  ishlari olib borildi.

Davlatimiz ramzlari bilan faxrlanamiz !”  mavzusida  madaniy-marifiy tadbir o’tkazildi.   

Boshlang’ich kasaba uyushmasi tashkiloti tomonidan yuqori kasaba uyushmasi organlariga bajarilgan ishlar hisoboti  topshirib kelinmoqda.

FOYDALI SAYTLAR