18 oktyabr kuni shahrimizda Samarqand shahar kuni nishonlanadi. O'zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimov 1996 yil 18 oktyabr kuni Amir Temur tavalludining 660 yilligiga bag'ishlangan marosimda Samarqand shahri kunini nishonlashni taklif qildi. O'sha kuni shaharga Amir Temur ordeni topshirildi va bu sana har yili keng nishonlanmoqda.