YEVGENIY ONEGIN – (ALEKSANDR PUSHKIN)

“Yevgeniy Onegin” rus jamiyatining vakili, o’sha davrning hayoti tasvirlangan she’riy ijod namunasidir. Shu nqtai nazardan “Yevgeniy Onegin” ni tarixiy nazmiy asar ham desak bo’ladi. Vaholangki unda birorta ham tarixiy shaxs aks ettirilmagan. Pushkin ushbu asarida rus tabiati, rus jamiyatining dunyosi haqida shu qadar keng va ko’p izoh bera olganki, adabiy tanqidchi Belinskiy fikriga tayanib, bir so’z bilan asarni ruslar hayoti esiklopediyasi deb atash mumkin.

QIROL LIR – (UILYAM SHEKSPIR)

Har bir xalqning ma’naviyati o’zga xalq¬lar adabiyoti, san’atidan bahramand bo’lish orqali quvvatlanib boradi. Bu borada esa badiiy tarjimaning ahamiyati beqiyosdir. O’quvchi Shekspirning she’riy uslubdagi dramalarining nasriy uslubda sodda va lo’nda ekanligiga guvoh bo’ladi va qisqa fursat ichida Shekspir mahoratidan bahramand bo’ladi. Kitobga «Yuliy Sezar», «Makbet», «Qirol Lir», «Bo’ron» kabi mashhur asarlar kiritilgan. Dramalarda tiriklikning ustuni – yaxshilik, mehr-oqibat, ishonch, odamiylik, vafo, muhabbat ekanligi o’z aksini topgan.

SARIQ DEVNI MINIB – (XUDOYBERDI TUXTABOYEV)

“Sariq devni minib” kitobi sevimli adibimizning ikki kitobining to’plamidan iborat. “Sariq devni minib” va “Sariq devning o’limi” sarguzasht romanlari bolalar hayotidan olib yozilgan bo’lib, ularning sevimli kitoblaridandir. Bu asarda orzu-havasga eltadigan chinakam yo’l halol mehnat, yaxshi xulq-odob va qunt bilan o’qishda ekanligi ta’kidlanadi..

O’TKAN KUNLAR – (ABDULLA KODIRIY)

Sevgi kimlarni yig’latib, kimlarni kuldirmagan deysiz. Sharq adabiyotining nodir asarlaridan biri hisoblanmish mazkur asarda muhabbat o’zgacha, takrorlanmas badiiy talqin qilinadi. Shuningdek, vatanparvarlik, chaqimchilik, andisha, xotinbozlik, muomala, behayolik singari mavzular ham qalamga olinadi. Mutolaaga shoshiling.

FOYDALI SAYTLAR