Litsey ichki tartib qoidasi

O’quvchilarning litseyda  va sinfdagi  odobi

 Har  bir  o’quvchi  litseyda  o’z  vaqtida  kelishi,  darslarga  kechikmasligi  shart.

Litseyda  kirishda  o’quvchilar  oyoq  kiyimlarini,  artishlari,  ustki  kiyimlarini  garderobga  (agar  bo’lsa)  topshirishlari,  o’g’il  bolalar  bosh  kiyimlarini  yechishlari  shart.

Ustki  kiyimlarini  topshirib,  o’quvchilar  dars  jadvali  bo’yicha,  fan  xonasiga  borishlari  kerak.

O’quvchilar  dars  mashg’ulotlariga  xalaqit  beradigan  boshqa  o’quvchilarning  diqqatini  o’ziga  tortadigan  narsalarni   sinf  xonasiga  olib  kelmasliklari  kerak.

O’quvchilar  litseydan  guruh rahbari,  navbatchi  yoki  rahbarlaridan  birisi  ruxsat  bergandan  keyin  tashkiliy  ravishda  ketishlari  kerak.

Litseyda  darslar  tugagandan  keyin  jamoat  ishi  bilan  shug’ullanayotgan  to’garak  mashg’ulotlari  va  sport  sektsiyalari  mashg’ulotlariga  qatnashayotgan  o’quvchilarning  qoloshiga  ruxsat  qilinadi.

O’quvchilar  litseyda  o’qish  jarayonida  shaxsiy  gigiyena,  odob – axloq  qoidalariga  rioya  qilishlari,  litsey  mulkini  asrab  avaylashlari,  sinf  jamoalari,  fan  xonalari  o’quv  ustaxonalari  va  litsey  karidori  (dahliz)ni  ifloslantirmasliklari  kerak.

O’quvchining darsdagi  odobi.

 Har  kuni  ertalab  birinchi  dars  mamlakatimizning  davlat  madhiyasini  kuylash  bilan  boshlanadi.

Har  bir  darsda  o’quvchilar  o’qituvchini  tik  turib  kutib  va  “Assalomu  alaykum  ustoz”  deb  salomlashishlari,  o’qituvchining  ruxsatidan  keyin  o’rinlariga  o’tirishlari  kerak.

O’quvchilar  darslarga  kerakli  o’quv  qurollarini  tanaffus  paytida  tayyorlab,  qo’ng’roq  chalinishi  bilan,  sinf  yoki  fan  xonasidagi  o’rinlarini  egallashlari  shart.

Sinf  navbatchisi  dars  o’tishda  kerakli  ko’rgazmali  qurollarni  tayyorlab  qo’yishi,  sinf  yoki  fan  xonasini  tartibga  keltirishi,  darsga  qatnashmayotgan  o’quvchilar  ro’yxatini  yozma  ravishda  o’quvchiga  taqdim  qilishi  kerak.

Har  bir  o’quvchi  dars  davomida  tartib  saqlab,  darsni  diqqat  bilan  tiglash,  berilgan  topshiriqlarni  tirishqoqlik  bilan  bajarishi,  tushunmaganlarini  odob  bilan  o’qituvchidan  so’rashi  kerak.

O’quvchi  dars  davomida  javob  bermoqchi  yoki  narsani  so’ramoqchi  bo’lsa  albatta  qo’l  ko’tarishi  va  o’qituvchining  ruxsatidan  keyin  javob  berishi  yoki  so’rashi  kerak.

Dars  jarayonida  o’quvchilar  o’qituvchining  tushuntirishlarini  va  sinfdoshlarining  javoblarinin  bo’lmaslikilari, navbat  bilan  gapirishlari  kerak.

Har  bir  o’quvchi  o’zining  sinf,  fan  xonasi  yoki  ustaxonasida  o’tiradigan  o’rni,  xonaning  toza  saqlanishi  uchun  mas’uldir.

O’quvchilar  darsliklarini,  o’quv  qo’llanmalarini,  ish  daftarini  va  boshqa  o’quv  jihozlarini  avaylab  saqlashlari  kerak.

Darsdan  chiqish  uchun  chalingan  qo’ng’iroq  o’quvchi  uchun  berilgan  xabardir.

O’quvchilar  dars  o’tayotgan  o’qituvchining  ruxsatidan  va  “Dars  tamom”  degan  so’zidan  keyin  sinf  xonasidan  chiqishlari  mumkin.

O’quvchilarning tanaffusdagi  odobi

 Tanaffusda  o’quvchilar  dars  jadvali  bo’yica  bir  fan  xonasidan  boshqa  fan  xonasiga    tashkiliy  ravishda  o’tishlari  kerak.

Tanaffus  paytida  o’quvchilar  litsey  karidori  (dahlizi)ning  o’ng  tomonidan  harakatlanishlari,  oldin  va  keyin  yurishlari,  past  ovozda  gaplashishlari,  atrofdagilarga  hurmat  bilan  nuomala  qilishlari  kerak.

O’quvchilar  tanaffus  paytida  navbatchi  va  o’quvchilarning  talablariga  bo’ysinishlari  shart.

Litsey  direktori,  uning  o’rinbosari  va  o’qituvchilar  xonasiga  o’quvchilar  faqat  ruxsat  so’rab  kirishlari  mumkin.

Tanaffus  paytlarida  o’quvchilar  mashg’ulotlar  o’tadigan sinf  yoki  fan  xonalaridan  uzoqlashmasliklari  kerak.

 O’quvchilarning litseyda  kiyinish  odobi.

O’quvchilar  litseyda  faqat  litsey  pedagogic  kengashida  qabul  qilingan  litsey  libosida  kelishlari  shart.

Bayramlarda,  tantanali  marosimlarda  o’quvchilar  bayram  libosida  bo’lishi  mumkin.

Jismoniy  tarbiya  darslariga,  sport  sektsiyasi  mashg’ulotlariga  o’quvchilar  sport  formasida  kelishlari  shart.  Mehnat darslariga,  shanbaliklarga  o’quvchilar  ish  kiyimida  kelishlari  talab  qilinadi.

Kimyo,  biologiya,  fizika  fanlaridan  labaratoriya  mashg’ulotlariga  o’quvchilar  oq  xalatda  kelishlari  shart.

O’quvchilar  o’z  tashqi  ko’rinishlariga,  ozadaliklariga    sochining,  tirnoqlarining  ustki  va  oyoq  kiyimlarining  tozaliklariga  e’tibor  berishlari  kerak.

O’quvchilarning jamoat  joylardagi odobi

Jamoat  joylarida  o’quvchilar  o’zlarini  kamtarona  tutishlari,  bema’ni  hatti – harakatlar  qilmasliklari,  baland  ovozda  gapirmasliklari  va  kulmasliklari  kerak.

O’quvchilar  ko’ha  harakati  xafsizligi  qoidalariga  qat’iy  rioya  qilishlari  shart.

O’quvchilar  jamoat  tran sportlarida  yosh  bolali  ayollarga,  nogiron  va  yoshi  kattalarga  joy  berishlari  shart.

O’quvchilar  tevarak  atrofdagi  mevali  va  manzarali  darxtlarga,  gulli  o’simliklarga  va  yosh  nihol  kochatlarga  alohida  g’amxo’rlik  qilishlari,  ularga  ziyon  yetkazislariga  yo’l  qo’ymasliklari  kerak.

O’quvchilar  jamoat  joylarida tartibni  buzuvchilarga  befarq  bo’lmasliklari,  ularni  tartibga  chaqirishlari,  faol  hayotiy  pozitsiyasida  turishlari  kerak.

O’quvchilarning  ommaviy  tadbirlar  va  bayramlardagi  odobi.

Litseyda  va  litseydan  tashqarida  o’tadigan  har  qanday  tadbirga  o’quvchilar  o’z  vaqtida  kelishlari  shart.

Oq’uvchilarning  kiyinishi,  tashqi  ko’rinishi  o’tkazilayotgan  tadbir  ruhida  mos  bo’lishi  kerak.

O’quvchilar  tadbir  davomida  odob  saqlashlari,  atrofdagilarga  hurmat  bilan  qarashlari,  odob – axloq  qoidalariga  rioya  qilishlari  kerak.

Ko’pchilik  o’rtasida  ovqat,  muzqaymoq,  konfet  yeyish,  saqich  chaynash,  pista  chaqish,  nos  va  sigaret  chekish  mumkin  emas.

  O’quvchilarning  oiladagi  odobi.

O’quvchilar  har  kuni  uyida  o’z  ustida    ishlashlari,  uyda  berilgan  topshiriqlarni  vaqtida  bajarish  shart.

O’quvchilar  oilada  ota – onalariga  uy  ro’zg’or  ishlarda  yordamlashishlari  kerak.

O’quvchilar  o’z  xonalaridagi  narsalarni  tartibli  saqlashlari,  yotadigan  o’rnini  dars  tayyorlaydigan  joyini  ozoda  tutishlari,  shaxsiy  gigiyena  qoidalariga  rioya  qilishlari,  ertalab  va  kechqurun  kechki  ovqatdan song  idishlarni  tozalashlari  shart.

O’quvchi  o’zini  jismonan  chiniqtirish  uchun  har  kuni  ertalab  badan  tarbiya  qilishi  va  yuvinishi  kerak.

O’quvchi  uydan  chiqayotganda  uydagilarga  qayerga,  nima  uchun  borayotganini  qachon  qaytishini  albatta  aytishi  shart.  O’quvchi  har  bir  aytgan  so’zi  va  qilgan  ishi  uchun  javobqarlik  hissini  sezishi shart.