Sevgi va sadoqat kuychisi

Chop etish

O'zbek ayoli, mehr-muhabbat va sadoqat timsoli deganda har bir vatandoshimiz hayoliga, eng avvalo, shoira Zulfiyaxonim kelishi, shubhasiz.

O'zining bahor chechaklari singari go'zal, ma'sum va beg'ubor she'rlari bilan nafaqat o'zbek, balki jahon kitobxonlari qalbidan chuqur joy egallagan buyuk shoirani qancha ta'riflasak shuncha oz, desak mubolag'a bo'lmaydi.

Har yili Zulfiyaxonim tavallud kuni butun mamlakatimizda keng nishonlanadi, uning hayoti va ijodiga bag'ishlab turli adabiy kechalar, mushoiralar hamda madaniy-ma'rifiy tadbirlar o'tkaziladi.

Ana shunday tadbirlardan biri, bugun Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyining bir guruh o'quvchilari ishtirokida ochiq dars shaklida tashkil etildi. O'quvchilar dars jarayonida shoira qalamiga mansub she'rlarni, kuy-qo'shiqlarni mahorat bilan ijro etib, tadbir qatnashchilarida o'zgacha taassurot uyg'otdilar.

Bundan tashqari, iste'dodli o'quvchilardan biri dars jarayonida shoira Zulfiyaxonim siymosini qog'zoda aks ettirdi.

SamDCHTI akademik litseyi matbuot xizmati