Ona tili va adabiyot fan oyligi doirasida ochiq darslar o'tkazilmoqda

Chop etish

Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyida fanlarni chuqurlashtirib o'qitish, o'quvchilarga qo'shimcha bilim berish maqsadida har bir fan va xorijiy tillar bo'yicha fan oyliklari muntazam tashkil etib borilmoqda.

Jumladan, fevral oyi akademik litseyda ona tili va adabiyot fan oyligi hisoblanib, mazkur oylik doirasida o'qituvchilar tomonidan ochiq dars hamda turli madaniy-ma'rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda. 

Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiga bag'ishlangan "Vatan sog'inchi" va "Bobur va Humoyun", Zulfiyaxonim hayoti va ijodiga bag'ishlangan "Bahorga burkangan sadoqat", "Hijrondan baxt topgan ayol", ona tili fanidan "Atamalar. Iboralar da shakldoshlik, ma'nodoshlik, zid ma'nolilik" singfari mavzularda tashkil qilingan ochiq darslar o'quvchilarning mazkur fanlarga oid bilimlari yanada mustahkamlanishida asos bo'lib xizmat qilmoqda.

O'tkazilayotgan bu kabi darslar akademik litseyda tahsil olayotgan o'quvchilarning bilimlarini yanada mustahkamlash, fanlarni yanada chuqurroq o'zlashtirishlarish yo'lida qiziqish va shijoatlarini oshirishda o'zining ijobiy samarasini bermay qolmaydi.

SamDCHTI akademik litseyi matbuot xizmati