Usmon Nosir ijodiga bag'ishlangan tadbir tashkil etildi

Chop etish

"Usmon she’riyatimizga shamolday kirib keldi. Balki bo‘ronday! U shunday to‘polon va to‘lqin bilan keldiki, uncha-muncha she’riy uslub va ijodni to‘s-to‘s qilib yubordi. Uni o‘zimizda “O‘zbekning Lermontovi”, Moskva gazetalarida “Sharqda Pushkin paydo bo‘ldi” deb yozishdi”, degandi unga zamondosh shoir Turob To‘la.

Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyida Usmon Nosir hayoti va ijodiga bag'ishlangan tadbir o'tkazildi.

Tadbirda shoirning bir-biridan go'zal, mulohazaga chorlaydigan, beqiyos mahorat bilan yozilgan she'rlari o'quvchilar tomonidan kuy-qo'shiqlar tarzida ijro etilib, qatnashchilarning shoir ijodiga bo'lgan qiziqishlari yanada oshishiga hissa qo'shdilar.

Shuningdek, jarayon davomida o'quvchilar o'zlarining go'xal raqslari bilan tomoshabinlar dillarini xushnud etdilar.

SamDCHTI akademik litseyi matbuot xizmati