"Zakovat" intellektual o'yinining navbatdagi soni bo'lib o'tdi

Chop etish

Samarqand davlat chet tillar instituti talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talaba-yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, ularning iste'dodini yuzaga chiqarish va bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazishlarini ta'minlash maqsadida muntazam ravishda "Zakovat" intellektual o'yinlari tashkil etib borilmoqda.

Ta'kidlash joizki, mazkur o'yinlarda SamDCHTI akademik litseyining bir guruh o'quvchilari ham faol ishtirok etgan holda faxrli o'rinlarni qo'lga kiritmoqdalar.

Xususan, kecha 2-mart kuni o'tkazilgan musobaqada ham akademik litsey o'quvchilari faol ishtirok etib, 3-o'rinni qo'lga kiritdilar. Talabalar turar joyida tashkil qilinayotgan bu kabi tadbirlar va musobaqalar talalabalarning aqliy salohiyati yanada yuksalishida hamda darsdan tashqari vaqtlari samarali o'tishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

SamDCHTI akademik litseyi matbuot xizmati