Rasmlar tanlovi g'oliblari kimlar?

Chop etish

Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-yanvardagi “2022-yildagi Respublika ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, diniy bag‘rikenglik hamda millatlararo totuvlikni mustahkamlash yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar samaradorligi va ta’sirchanligini yanada oshirish to‘g‘risida”gi 4-son bayoni bilan tasdiqlangan “Ekstremizm va terrorizim missionerlik g‘oyalariga qarshi ma’naviy-ma’rifiy, tasviriy targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish dasturi”ning 4-bandi ijrosi bo‘yicha o’quvchilar o‘rtasida rasmlar tanlovi o’tkazildi.

Mazkur tanlov natijalariga ko’ra:
1-o'rin: 101-guruh o'quvchisi Turaqulova Jasmina. 
2-o'rin: 108-guruh o'quvchisi Abbosqulova Dilnura, 107-guruh o'quvchisi Xubbumova Mavluda 
3-o'rin: 101-guruh o'quvchisi Mamatkarimova Iroda va 102-guruh o'quvchisi Mirmuhammidova Maftuna

Bugun, 10-mart kuni mazkur tanlovda faol ishtirok etgan hamda ijodiy ishlari eng yaxshi deb topilgan o'quvchilar akademik litsey mas'ullari tomonidan faxriy yorliq hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

 

SamDCHTI akademik litseyi matbuot xizmati