"Zakovat" intellektual o'yinlari qanday davom etyapti?

Chop etish

Samarqand davlat chet tillar instituti talabalar turar joyida talabalarning yashashi, o‘z ustida mustaqil ishlashi hamda dam olishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan bo‘lib, talabalar uchun chet tillarini o‘rganish, shuningdek, zakovat, sport, san’at va musiqa kabilar bo‘yicha to‘garaklar faoliyati ham yo‘lga qo‘yilgan.

Jumladan, haftaning har chorshanba kuni institut talabalar turar joyida “Zakovat” intellektual o‘yini muntazam o‘tkazilib kelinadi. Ta’kidlash joizki, mazkur o’yinlarda Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyi o’quvchilari ham faol ishtirok etgan holda faxrli natijalarni qayd etmoqdalar.

Bu galgi “Zakovat” o‘yini davom etayotgan bir paytda institut rektori Ilhomjon To‘xtasinovning to‘satdan kelishi va mazkur alq charhi o‘yini insonda mantiqning, falsafaning shakllanishiga zamin yaratishi, shuningdek, dunyoqarash hamda fikrlash kabi qobiliyatlarni kengaytirishi to‘g‘risida so‘zlagan nutqi talaba-yoshlarda “Zakovat” o‘yiniga nisbatan yanada shijoat uyg‘otdi. “Zakovat” intellectual o’yinining bu galgi sonida SamDCHTI akademik litseyi o’quvchilari faxrli 3-o’rinni qo’lga kiritib, g’olib jamoalar safidan o’rin oldilar.

 

SamDCHTI akademik litseyi matbuot xizmati