SamDCHTI akademik litseyining yana bir o'quvchisi muddatidan avval talaba bo'ldi

Chop etish

Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyida tahsil oluvchi o'quvchilardan biri Bekpo'latov Biloliddin o'zining muntazam harakati, ilm yo'lidagi tinimsiz izlanishlari sabab ustozlar hamda ota-onasi ishonchini oqlagan holda muddatidan oldin talaba bo'lish baxtiga erishdi.

U Toshkent amaliy fanlar universitetiga qabul uchun bo'lib o'tgan online imtihonlardan muvaffaqiyatli o'tib iqtisodiyot yo'nalishining sirtqi bo’limiga o’qishga qabul qilindi. Biloliddin hozirda akademik litseyning 208-guruhida tahsil olib kelmoqda. 

Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyida Biloliddin singari iqtidorli, bilimli, shijoatli o'quvchilar borligi bilan faxrlanamiz.

 

SamDCHTI akademik litseyi matbuot xizmati