Simenar-treningda nimalar haqida suhbatlashildi?

Chop etish

Bugun Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyida Xorijiy tillar kafedrasi o'qituvchilari Xolmurodov Shahzod va Nurullayev Nurali tomonidan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi sertifikatlarni qo'lga kiritish uchun tashkil qilinadigan imtihon jarayonlari haqida o'quvchilarga ma'lumot berish maqsadida simenar-training o'tkazildi.

Mazkur trainingda xalqaro(IELTS) va milliy til bilish sertifikati(CEFR) hamda imtihon jarayonlari haqida o'quvchilarga to'liq tushuncha va ma'lumotlar berildi! 

Shuningdek, jarayon davomida muddatidan oldin nufuzli OTMlarga talabalikka qabul qilingan o'quvchilar sertifikatlar bilan taqdirlanishdi.

SamDCHTI akademik litseyi matbuot xizmati