Ota-onalar yig'ilishida qanday masalalar muhokama qilindi?

Chop etish

Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyida tahsil olayotgan o'quvchilarning ota-onalari hamda litsey ma'muriyati ishtirokida suhbat o'tkazildi.

Jarayon davomida ota-onalar bilan o'quvchilarning darslardagi ishtiroki, o'zlashtirish ko'rsatkichlari, darsdan tashqari bo'sh vaqtlarida qo'shimcha to'garaklarga jalb qilinishi va ota-onalar bilan hamkorlikda olib borilayotgan ishlar  muhokama qilindi.

Tadbirga akademik litseyda tahsil olayotgan 1-kurs o'quvchilarining 130 nafardan ziyod ota-onalari tashrif buyirishib, farzandlarining akademik litsey dars jarayonlaridagi muntazam ishtiroki, tartib-intizomi hamda baholari bilan tanishib, qo'shimcha ma'lumotlar oldilar.

 

SamDCHTI akademik litseyi matbuot xizmati