Maktab o'quvchilari akademik litsey faoliyati bilan tanishtirilmoqda

Chop etish

Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyida faoliyat yuritayotgan pedagog-xodimlar viloyatimizdagi umumiy o'rta ta'lim maktablari hamda ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktablari o'quvchilariga akademik litsey faoliyati haqida tushuncha va ma'lumotlar berish maqsadida targ'ibot ishlarini amalga oshirmoqdalar.

Bundan tashqari, jarayon davomida o'quvchilarga akademik litsey faoliyati, undagi yo'nalishlar, shuningdek, tashkil qilinadigan dars jarayonlari, o'quvchilarning yuqori darajada ta'lim olishlari uchun yaratilgan imkoniyat hamda shart-sharoitlar xususida o'quvchilarga to'liq ma'lumotlar berilmoqda. Bu esa viloyatimizning barcha tumanlarida istiqomat qiluvchi o'quvchilarda akademik litseyda tahsil olishga bo'lgan qiziqish va intilish yanada oshishiga sabab bo'lmoqda.

SamDCHTI akademik litseyi matbuot xizmati