Internetdan qanday qilib to'g'ri foydalanish mumkin? O'quvchilar savollariga javob oldilar

Chop etish

Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyi o'qituvchilari SamDCHTI talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi o'quvchilar ishtirokida internet hamda uyali aloqa vositalaridan to'g'ri foydalanish, shuningdek, bo'sh vaqtni bekorga sarflamaslik singari masalalarga qaratilgan uchrashuv o'tkazdilar.

Uchrashuv davomida o'quvchilar bilan bugungi kunning dolzarb mavzularidan biri sanalgan internet olamiga mukkasidan ketish, aloqa vositalaridan noto'g'ri foydalanish singari masalalar muhokama qilinib, o'quvchilarga mavzuga oid turli video taqdimot hamda kichik lavhalar taqdim etildi hamda jarayon so'ngida holat yuzasidan ularning fikr-mulohazalari o'rganildi.

Ta'kidlash joizki, tashkil qilinayotgan bu kabi tadbirlar butun insoniyatni tobora o'z domiga tortib borayotgan internet oqimlaridan yosh avlodni himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

SamDCHTI akademik litseyi matbuot xizmati