Xorijiy OTMlarga qabul qilinayotgan o'quvchilar soni ortib bormoqda

Chop etish

Bugungi kunda o'rta ta'lim muassasalari bitiruvchilarinining oliy ta'limga qamrov darajasini oshirish maqsadida amalga oshiriliyotgan islohotlar o'zining ijobiy samarasini bermoqda.

Jumladan, Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyida tahsil oluvchi o'quvchilardan biri Baratova Nafisa muddatidan oldin xorijiy OTMga talabalikka qabul qilindi.

Baratova Nafisa o'zining muntazam harakati hamda izlanishlari sabab ustozlar hamda ota-onasi ishonchini oqlagan holda Глазовский государственный педагогический институт (Glazovskiy pedagogika instituti)ning psixologiya yo'nalishiga grant asosida qabul qilindi. Nafisa hozirda akademik litseyning 212-guruhida tahsil olib kelmoqda. 

Baratova Nafisani talabalik baxtiga erishanligi bilan samimiy tabriklab, kelgusi o'qishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

 

SamDCHTI akademik litseyi matbuot xizmati