Yutuqlar bardavom bo'lsin!

Chop etish

Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyida tahsil olayotgan o'quvchilarning oliy ta'limga kirish ko'rsatkichlarini yanada oshirish, ta'lim jarayonlarining sifat va samaradorligini ta'minlash maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu esa  OTMlarga muddatidan oldin qabul qilinayotgan o'quvchilar soni kundan kun ortishiga sabab bo'lmoqda.

Ana shunday o'quvchilarimizdan yana biri SamDCHTI akademik litseyining 212-guruhida ta'lim olayotgan Turumova Mahliyodir. Mahliyo Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida joylashgan Глазовский государственный педагогический институт (Glazovskiy pedagogika instituti)ga hujjat topshirgach imtihon jarayonlaridan ham yuqori natijalar bilan o'tib, mazkur ta'lim muassasining huquqshunoslik fakultetiga grant asosida qabul qilindi.

Turumova Mahliyoni erishgan yutug'i bilan qutlagan holda kelgusida yanada yuqori natijalarga erishishini tilaymiz.

 

SamDCHTI akademik litseyi matbuot xizmati