SamDCHTI akademik litseyi o'quvchisi respublika miqiyosida o'tkazilgan tanlovda ishtirok etdi

Chop etish

Xabaringiz bo‘lganidek, 26-mart kuni respublika miqiyosida 30-bor o‘tkazilgan “Yapon tili notiqlik san’ati” tanloviga Samarqand davlat chet tillar instituti mezbonlik qildi. Mazkur tanlovda respublikadagi 10 dan ortiq oliy ta’lim muassasalaridan 24 nafar talaba-yoshlar ishtirok etishib, yapon tili va madaniyati borasida egallagan bilim hamda ko'nikmalarini o'z chiqishlari orqali namoyon etishdi.

Jumladan, mazkur tanlovda Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyi 205-guruhida tahsil olib kelayotgan o'quvchilardan biri Pirnazarova Malika ham faol ishtirok etib, maxsus o'rinni egalladi. 

“Yapon tili notiqlik san’ati” tanlovi yakunida esa tanlov g'oliblari hamda barcha ishtirokchilar qatorida Pirnazarova Malika ham Yaponiyaning O'zbekistondagi favqulotda va muxtor elchisi Yoshinori Fudjiyama hamda Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Ilhomjon To'xtasinovlar tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.