SamDCHTI akademik litseyining 3 nafar o'quvchisi g'oliblar qatorida

Chop etish

Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyi o'quvchilari o'z bilimlarini sinovdan o'tkazish maqsadida turli tanlov va musobaqalarda faol ishtirok etib kelmoqda. Xususan, Samarqand Konfutsiy institutida Xalqaro xitoy tili kuniga bag'ishlab o'tkazilgan iyeroglif yozish musobaqasida ham SamDCHTI akademik litseyi o'quvchilari munosib qatnashishdi.

Musobaqada turli ta'lim muassasalaridan tashrif buyurgan 150 dan ortiq talaba ishtirok etdi. Qizg'in baxs va munozaralarga boy o'tgan ushbu tanlovda iyerogliflarni  to'g'ri va chiroyli yozgan 20 nafar ishtirokchi komissiya a'zolari tomonidan g'olib deb topildi. 

Quvonarlisi, g'oliblikni qo'lga kiritgan 20 nafar qatnashchilar orasida SamDCHTI akademik litseyining 3 nafar o'quvchisi ham bor: Iskandarova Rushana, Xolmirzayev Diyor, Yarkinov Sondamir.

Jarayon so'ngida g'oliblar qimmatbaho sovg'a hamda sertifikatlar bilan taqdirlanishdi.

 

SamDCHTI akademik litseyi matbuot xizmati