Ajdodlar xotirasi mangu barhayotdir!

Chop etish

Xotira — xalqimiz uchun eng azaliy, eng aziz tushuncha! Negaki, bugungi dorulomon kunlar bunyodkori, farovon hayot, tinch va osuda yurtda yashayotganligimiz sababchilarini yoddan chiqarish, ularning mehnat-u zahmatlarini unutish mumkin emas.

Buning uchun esa bugungi yosh avlod qalbida boy tariximiz hamda qadim o'tmishimizga bo'lgan qiziqish, ajdodlarimizga nisbatan hurmat va ehtiromni yanada oshirish, ularning o'chmas xotirasini kelajak avlod qalbiga muhrlash lozim.

Xususan, Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyi o'quvchilari ham mas'ullar hamroxligida Samarqand shahrida joylashgan, ajdodlarimiz xotirasiga bag'ishlab bunyod etilgan muqaddas qadamjolarni ziyorat qilishdi.

Jarayon davomida o'quvchilarga bobolarimizning hayot yo'llari, ozodlikka erishish yo'lida chekkan zahmatlari-yu, tengsiz matonatlari haqida batafsil ma'lumotlar berildi. O'tkazilayotgan bu kabi tadbirlar o'quvchi-yoshlar qalbida inson qadri hamda o'chmas xotirasiga bo'lgan hurmat va muhabbatlari yanada oshishida muhim ahamiyat kasb etadi.

SamDCHTI akademik litseyi matbuot xizmati