SamDCHTI akademik litseyi o'quvchisi nufuzli oliygoh talabasi bo'ldi

Chop etish

Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyida tahsil olayotgan o'quvchilarning nufuzli xalqaro hamda milliy oliy ta'lim muassasalariga qabul qilinish ko'rsatkichlari tobora ortib bormoqda.

Xususan, akademik litseyning 207-guruhida tahsil olib kelayotgan Shermatova Shaxribonu ham o'zining bilim olish yo'lidagi tinimsiz izlanishlari hamda ustozlarining beminnat mehnatlari samarasi o'laroq nufuzli xalqaro OTM talabasi bo'lishdek baxtga erishdi. Ya'ni Shaxribonu Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida joylashgan «Московская академия предпринимательства» institutining "Menejment" yo'nalishiga qabul qilindi.

Ma'lumot o'rnida ta'kidlash joizki, Shermatova Shaxribonu boshqa xalqaro oliygohlarga, jumladan, Arizona Universitetiga ham topshirgan arizasi qabul qilingan bo'lib, yaqin kunlarda mazkur universitetda ham tahsil olish imkoniyatini qo'lga kiritish arafasida.

O'quvchimizni erishayotgan yutuqlari bilan qutlagan holda, kelgusida bundan-da yuqori natijalarni qayd etishini, soha rivojiga o'zining munosib hisssasini qo'shishini tilaymiz.

SamDCHTI akademik litseyi matbuot xizmati