Stipendiyaga da'vogar o'quvchilarning bilimlari sinovdan o'tkazildi

Chop etish

Ma'lumki, Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyida tahsil olayotgan bilimli, iqtidorli va har tomonlama o'z iste'dodlarini namoyon eta olgan o'quvchilarni qo'llab-quvvatlash hamda rag'batlanstirish maqsadida "Rektor stipendiyasi" hamda "Akademik litseyimiz iftixori" stipendiyalari ta'sis etilgan. 

Bugun SamDCHTI akademik litseyining "Akademik litseyimiz iftixori" stipendiyasiga nomzod o'quvchilarning bilimlari sinovdan o'tkazildi. Ya'ni "Axborot texnologiyalari" va "Huquq, ijtimoiy-siyosiy yangiliklar" fanlari bo'yicha tuzilgan testlar nomzodlarga qanchalik chuqur bilimga ega ekanliklarini bilib olishiga imkon yaratishi bilan ham ahamiyatlidir.

Ma'lumot o'rnida, test sinovlarida yuqori natija qayd etgan o'quvchilar keyingi bosqichlarda ishtirok etish hamda stipendiat bo'lish imkoniyatini qo'lga kiritishadi. 

SamDCHTI akademik litseyi matbuot xizmati