SamDCHTI akademik litseyi o'quvchisi O'lmasov Nurbek bir yo'la 2 ta OTMga qabul qilindi

Chop etish

Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyida tahsil olayotgan bilimli, shijoatli va iqtidorli o'quvchilarning oliy ta'lim muassasalariga kirish ko'rsatkichlari tobora ortib bormoqda.

Jumladan, SamDCHTI akademik litseyi o'quvchilaridan biri O'lmasov Nurbek ham muddatidan avval talaba bo'lish baxtiga erishdi. Ya'ni o'quvchimiz British management university in Tashkent hamda TMC institute in Tashkent singari nufuzli oliygohlarga qabul qilindi.

O'lmasov Nurbek hozirda akademik litseyning 209-guruhida tahsil olayotgan bo'lib, u o'zining ilm yo'lidagi muntazam izlanishlari hamda ustozlarining mehnatlari evaziga bugun ota-onasi hamda yaqinlarining ishonchini oqlagan holda porloq kelajak sari muhim qadamni tashladi. O'lmasov Nurbekni erishgan yutug'i bilan tabriklab, kelgusi o'qishlarida muvaffaqiyat tilaymiz.

 

SamDCHTI akademik listeyi matbuot xizmati