Yaponiyalik mutaxassis ishtirokida ochiq dars tashkil qilindi

Chop etish

Uzoq sharq tillari kafedrasidan tashrif buyurgan yaponiyalik valantyor Koshida Toshiyuki Samarqand davlat chet tillar instituti akademik listeyidagi faoliyatini davom ettirmoqda. 

Jumladan, bugun Koshida Toshiyuki hamda akademik listeyning bir guruh o'quvchilari ishtirokida ochiq dars o'tkazildi. Dars jarayonida o'quvchilar turli qiziqarli mashg'ulotlarni bajarish asnosida o'zlarining yapon tilidagi bilimlarini yanada mustahkamladilar.

Bundan tashqari, dars davomida yaponiyalik mutaxassis o'quvchilarga foydali tavsiyalar berish barobarida ularning bilimlarini baholab bordi. O'tkazilayotgan bu kabi ochiq darslar o'quvchilarning yapon tilidagi ko'nikmalari yanada oshishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

 

SamDCHTI akademik litseyi matbuot xizmati