Yakuniy davlat attestatsiyalari davom etmoqda

Chop etish

Joriy yilning 13-iyunidan Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyida 2021-2022-o'quv yili bitiruvchilari uchun Yakuniy davlat attestatsiyalari boshlanganligi haqida xabar bergan edik.

Yakuniy davlat attestatsiyalari barcha fanlar kesimida davom etmoqda. Jumladan, SamDCHTI akademik litseyi bitiruvchilari bugun ona tili. ingliz tili, koreys hamda yapon tillari bo'yicha yakuniy davlat attestatsiyasini topshirdilar. 

Akademik litsey ijrochi direktori Zokir Bazarov hamda boshqa mas'ullar nazoratida o'tgan mazkur imtihonlarda o'quvchilar yil davomida olgan bilimlarini og'zaki bayon qilgan holda o'z bilim va ko'nikmalarini yana bir bor sinovdan o'tkazdilar.

 

SamDCHTI akademik litseyi matbuot xizmati