Chop etish

TIBBIY XIZMAT

Samarqand Shahar markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasidan SamDChTI akademik litseyiga biriktirilgan hamshira Babayeva Aygulning

Ish faoliyati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-noyabrdagi PQ 6110-sonli farmoni “Birlamchi tibbiy sanitariya yordami muassasalari faoliyatiga mutlaqo yangi mexanizmlarni joriy qilish va sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar samaradorligini yanada oshirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan ish yuritilmoqda. Ya’ni, ertalab filtr asosida o‘quvchilar litsey binosiga kiritiladi.

            O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-maydagi “Gripp va boshqa o‘tkir resperator enfiksiyalarning tarqalishiga qarshi kurashni yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 3729-sonli qaroriga asosan quyidagi ishlar olib borilmoqda:

1. Ertalab talabalar tana harorati eshik oldida o‘lchanib tibbiy niqob va antiseptik vositasi bilan darsga kiritilmoqda.

2. Tana harorati yuqori bo‘lgan o‘quvchilar izolyator xonasida saqlanib, ota-onasi yoki malakali tez tibbiy yordam xodimi qo‘liga topshirilib kelinmoqda. 

3. Dolzarb mavzudagi o‘ta yuqumli kasaliklar to‘g‘risida davra suhbatlari anjumanlar va uchrashuvlar o’tkazilinib kelinmoqda.

            SSVning 2016-yil 6-yanvardagi 6-sonli buyrug‘iga asosan “Aholi orasida kasalliklarni erta aniqlash hamda profilaktik va chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklarni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan:

––Talabalarni tibbiy ko‘rikdan reja bo‘yicha o‘tkazish;

––Kasallik aniqlangan o‘quvchilarni “D” nazoratiga olish;

––“Firtil” yoshidagi qizlarni alohida nazoratga olish va sog‘lomlashtirish muntazam ravishda 154- va 252-sonli buyruqlari asosida bajarish;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining aholini sifatli dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash haqidagi 2016-yil 31-oktabrdagi PQ 2647-sonli qaroriga asosan birinchi tez tibbiy yordam va qo‘shimcha dori-darmonlar bilan litsey o‘quvchilari bepul taminlangan.

Tibbiyot punktiga murojaat qilgan bemorlarni №777-sonli buyruq bilan tasdiqlangan 024-1 raqamli kundalik qabul jurnaliga ro‘yxatga olib SShMKTPga statistikasiga uzatish. O‘smirlarga profilaktik emlash ishlarini reja bo‘yicha o‘z vaqtida o‘tkazish.

Sam DChTI akademik litseyi diyetolog hamshirasi Maxmayusupova Munisaning

Ish faoliyati

 

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil           10-noyabrdagi PQ 4887-sonli “Aholining sog‘lom ovqatlanishini ta’minlash” bo‘yicha qo‘shimcha                  chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarori ijrosini  ta’minlash.

O‘quvchilar orasida sog‘lom turmush tarzini takomillashtirish, hamda sog‘lom ovqatlanishni yo‘lga qo‘yish. Shu jumladan, 1-2-3 darajali semizlikni, qandli diabetni, gipotaniya, gipertoniya, teri kasalliklari(allergiya va boshqalar), ichki organlar kasalliklarini oldini olish maqsadida to‘g‘ri ovqatlanish tizimi yo‘lga qo‘yilmoqda.

O‘smirlar salomatligi uchun jismoniy faoliyat, sport, uyqu, uglevodlar, minerallar, sabzavotlar, mevalar, oqsillar, o‘simlik yog‘larini me’yorida iste’mol qilib, shaxsiy gigienaga rioya qilish inson hayotining uzoq va sog‘lom kechishi uchun muhim rol o‘ynaydi.

Reja asosida o‘quvchi yoshlar bilan yarim tayyor mahsulotlar, organizmga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi taomlarni iste’mol qilmaslik mavzusida davra suhbatlari muntazam olib borilmoqda.  

Shu jumladan, litseyda oshxona tozaligi, oziq-ovqatlar saqlanish muddati va saqlash sharoiti nazorat qilinishi yo‘lga qo‘yilgan. Zero sog‘lom avlodni shakllantirish uchun asosiy yo‘nalishlardan biri - bu yosh avlod uchun yuqori sifatli ovqatlanishni tashkil etish.      

FOYDALI SAYTLAR