Chop etish

KASABA UYUSHMASINI FAOLIYATI

SamDChTI Akademik litseyi kasaba uyushmasi 2020-2021 o`quv yili faoliyati bo`yicha ma'lumot.

Akademik litseyda 124 nafar xodimlar faoliyat ko`rsatmoqda, 58 nafari ayollar, 66 nafari erkaklar.  13 nafari 30 yoshga to`lmagan xodimlar.

Akademik lisey Kasaba uyushmasi raisi- Usmanova S.N.

Qo'mita azolari: Raximov N., Ismailov B., Tosheva Z.

Sam.DChTI Akademik litseyi kasaba uyushmasining asosiy maqsadi va vazifalari:

1.Akademik litsey kasaba uyushmasining asosiy maqsadi o`z a'zolarining iqtisodiy, ijtimoiy, mehnat, intellektual huquq va manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilish.

2.O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, «Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to'g'risidagi Qonuni va boshqa Qonunlarda belgilangan huquqlardan foydalanish.

3. Qonun loyihalari va boshqa me'yoriy hujjatlar loyihasini muhokama qilish, ular yuzasidan jamoatchilik fikrini shakllantirish, hamda tegishli organlarga takliflar kiritish.

4.Mehnatga haq to'lashning ijtimoiy jihatdan adolatli usuliga, mehnat qonunchiligiga va me'yorlariga rioya qilishni nazorat qilish.

5.Kasaba uyushmasi mablag'ini boshqarish, xodimlar va ularning oila a'zolarini sog'lomlashtirish uchun ajratilgan mablag'larni maqsadli sarflanishini nazorat qilish.

6.Xodimlar va ularning oila a'zolarini madaniy-ma'rifiy, jismoniny tarbiya va sport sohalaridagi manfaatlarini va sanatoriy -kurortlarda davolanishlarini va dam olishlarini tashkil qilish.

7.Jamoa shartnomasini tuzish va uni bajarilishini nazorat qilish.

8.Mehnat sharoitlarini O`zbekiston Respublikasida belgilangan qoidalariga rioya qilinishini o'z vakolatlari doirasida nazorat qilish.

SamDChTI Akademik litseyi kasaba uyushmasi 2020-2021 o`quv yiliga mo`ljallangan ish rejasi.

Tadbirlar mazmuni

Ijro uchun masul

Ijro muddati

 

Umumiy yig`ilishda ko`riladigan masalalar.

 

 

1

SamDChTI Akademik liseyi kasaba uyushmasi qo`mitasining 2020-2021 o`quv yildagi faoliyati va  ustuvor vazifalari to`g`risida.

Kasaba uyushmasi qo`mitasi.

2020 yil avgust

 

Kasaba uyushmasi qo`mitasining yig`ilishida ko`riladigan masala.

 

 

1

Ma`naviy-ma`rifiy, ommaviy sport tadbirlarini tashkil etish borasidagi  faoliyati to`g`risida.

Ma`naviy-ma`rifiy, ommaviy sport ishlari bo`yicha komissiya

 2021 yil  mart-aprel

2

Xodimlarning mehnatini muhofaza  qilish, normal ish sharoitlarini tashkil etish borasida kasaba uyushmasi qo`mitasining ish beruvchi bilan hamkorlikda olib borganishlari va vazifalari haqida.

Mehnat muxofazasi bo`yicha komissiya

Yil davomida

3

Litseyda mehnat qonunchiligi talablariga rioya  etilishning ahvoli haqida.

huquqiy masalalar  komissiyasi

2021 yil may

4

Kasaba uyushmasi qo`mitasining 2020-2021 o`quv yilidagi sarf-xarajatlar smetasi to`g`risida.

Kasaba uyushma raisi

2021 yil iyun

 

Umumiy tadbirlar.

 

 

1

Akademik litsey xodimlari o`rtasida «Salomatlik» spartakiadasini tashkil etish va o`tkazish.

Ma`naviy-ma`rifiy, ommaviy sport ishlari bo`yicha komissiya

2021 yil aprel

2

Tibbiyot muassasi, huquqni muhofaza qilish organlari vakillari ishtirokida  giyohvantlikning zarari, oqibatlari to`grisida uchrashuv tashkil etish.

Ma`naviy-ma`rifiy komissiyasi

2020 yil oktyabr

3

Akademik litsey xodimlarning sog’ligini tiklash maqsadida Respublika sanatoriyalarida dam olishlarini tashkillashtirish.

Litsey ma`muriyati, kasaba uyushma qo`mitasi

Yil davomida

4

Bayram sanalari munosabati bilan litseyda bayram tadbirlarini o`tkazish va eng faol litsey xodimlarni va nafaqadagi faxriylarni qimmatbaxo sovg`alar bilan taqdirlash.

Litsey ma`muriyati, kasaba uyushma qo`mitasi

Yil davomida

FOYDALI SAYTLAR