Chop etish

O'QISHGA MARHAMAT

 Samarqand davlat chet tillar instituti akademik liseyi 2021-2022 o’quv yili uchun umumta’lim maktablarining 9-sinf iqtidorli o’quvchilarini tanlov asosida quyidagi yo’nalishlar bo’yicha  o’qishga qabul qilinadi:

1) ✅ Xorijiy tillar o’zbek guruhi (ingliz, nemis, fransuz tillari);
2) ✅ Xorijiy tillar rus guruhi (ingliz tili);
3) ✅Sharq tillari (koreys, yapon, xitoy, arab tillari);

Tanlovning dastlabki bosqichi joriy yilning 14 apreldan 10 iyuniga qadar haftaning har kuni soat 13:00da akademik lisey binosida bo’lib o’tadi.

Dastlabki tanlovda: Ona tili va  adabiyot fanidan diktan (50 ball), chet tili fanidan insho (Essay) (50 ball), Intelektual qobiliyat (IQ) ni aniqlash bo’yicha test olinadi.

 Dastlabki tanlovdan (60 baldan yuqori to’plaganlar) muvaffaqiyatli o’tgan o’quvchilar keyingi bosqichga o’tadi va kirish testlarida qatnashish imkoniyatiga ega bo’ladi. Dastlabki tanlovdan o’tgan o’quvchilar joriy yilning 20 iyundan 30 iyungacha hujjatlarini topshirishi so’raladi.

Akademik liseyga o’qishga qabul qilish bo’yicha yakuniy saralash imtihonlari o’tkazish vaqti joriy yilning 10 iyulidan 25 iyuligacha o’tkazilishi rejalashtirilgan bo’lib, aniq vaqt qo’shimcha ravishda ma’lum qilinadi. 

Akademik liseyda dars mashg’ulotlari maxsus sertefikatga ega bo’lgan, Respublikamiz va xorijlik yuqori malakali o’qituvchilar tomonidan halqaro standartlar asosida olib boriladi. Lisey bitiruvchilari CEFR, IELTS, FIT IN DEUTSCH  darajalariga ega bo’lishadi. 

O’qish muddati 2 yil. 

Iqtidorli o’quvchilar uchun  “REKTOR STIPENDIYaSI” hamda “AKADEMIK LISEYIMIZ IFTIXORI” stipendiyalari joriy etilgan.

Uzoq tumandan kelgan o’quvchilar yotoqxona hamda 3 mahal  imtiyozli ovqat bilan ta’minlanadi.

 Qo’shimcha ma’lumotlarni «samdchti-al.uz» saytidan hamda «samdchtial_info»  telegram kanalidan olishingiz mumkin.

Manzil: Samarqand shahri, Alisher Navoiy ko’chasi, 57-uy.

Mo’ljal: Universitet xiyoboni (bulvar), SamDU fizika fakulteti binosi orqa tomoni, “Savdogar bank” yonida joylashgan.

 Telefonlar: +998905031725, +998911879441, +998662331154

 

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 2020-YIL 3-DEKABRDAGI "IQTIDORLI YOSHLARNI SARALAB OLISH TIZIMI VA AKADEMIK LITSEYLAR FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO’G'RISIDA"GI PQ-4910-SON QARORINING 6-BANDIGA KO'RA SAMARQAND DAVLAT CHET TILLAR INSTITUTI  AKADEMIK LITSEYIDA AKADEMIK LITSEYGA IQTIDORLI YOSHLARNI SARALAB OLISH MAQSADIDA IKKI BOSQICHLI TIZIMDA O'TKAZILADIGAN DASTLABKI YOZMA IMTIHONNING FANLAR BO'YICHA

O'TKAZISH TARTIBI VA BAHOLASH MEZONLARI

ONA TILI VA ADABIYOTI

1. O'tkazish tartibi.

Ona tili va adabiyot fanidan yozma imtihon diktant shaklida o'tkaziladi. Bu diktant 9-sinf bitiruvchilari uchun ilgari o'rganilib, mashqlar bilan mustahkamlangan qoidalarni o'quvchilar qay darajada o'zlashtirganliklarini  aniqlash hamda savodxonligini tekshirish maqsadida o'tkaziladi.

Yozma imtihonga 90 daqiqa vaqt ajratiladi.

Diktant matnidagi so'zlar miqdorini belgilashda undagi barcha so'zlar hisobga olinadi.

Diktant matnidagi so'zlar soni 150-170 tadan iborat bo'ladi.

2. Baholash mezoni.

Diktant 50 ballik tizimda baholanadi. Ball qo'yish tartibi quyidagicha:

T/r

Savodxonligi

Yuqori ball

1.

Diktant husnixat bilan yozilib, hech qanday  xatosi bo'lmasa;

50

2.

1 ta imlo xato bo'lsa;

48

3.

1 ta imlo, 1 ta ishora xato bo'lsa;

45

4.

1 ta imlo, 2 ta ishora xato bo'lsa;

43

5.

2ta imlo, 2 ta ishora xato bo'lsa;

40

6.

2 ta imlo, 3 ta ishora xato bo'lsa;

38

7.

3 ta imlo, 3 ta ishora xato bo'lsa;

35

8.

3 ta imlo, 4 ta ishora xato bo’lsa;

33

9.

4 ta imlo, 4 ta ishora xato bo'lsa;

30

10.

4 ta imlo, 5 ta ishora xato bo'lsa;

28

11.

5 ta imlo, 5 ta ishora xato bo'lsa;

25

12.

5 ta imlo, 6 ta ishora xato bo'lsa;

23

13.

6 ta imlo, 6 ta ishora xato bo'lsa;

20

14.

6 ta imlo, 7 ta ishora xato bo'lsa;

18

15.

7 ta imlo, 7 ta ishora xato bo'lsa;

15

16.

7 ta imlo, 8 ta ishora xato bo'lsa;

13

17.

8 ta imlo, 8 ta ishora xato bo'lsa;

10

18.

8 ta imlo, 9 ta ishora xato bo'lsa;

8

19.

9 ta imlo, 9 ta ishora xato bo'lsa;

5

20.

9 ta imlo, 10 ta ishora xato bo'lsa;

3

Eslatma:

1. Diktantdagi xatolar nisbatan turlicha ko'rinishda bo'lishiga qaramay, baholashda imlo xatolar miqdori asosiy chegara sanaladi.

2. Agar diktantdagi tuzatishlar miqdori beshtadan ortiq bo'lsa, baho "1" ballga pasayadi.

 

INGLIZ TILI

9-sinf bitiruvchilarini akademik litseyga saralab olish dastlabki yozma imtihoni ingliz tilidan insho (Essay) shaklida o'tkaziladi. Bunda o'quvchilar berilgan mavzu asosida kamida 150 so'zdan iborat bo'lgan insho (Essay) vozadilar. Ushbu insho (Essay) o'quvchilarning yozma nutq qobiliyatini, mustaqil fikrlashi hamda savodxonlik darajasini sinovdan o'tkazish imkoniyatini beradi.

Insho yozish uchun 1,5 soat (90 daqiqa) vaqt ajratiladi.

Insho (Essay) 50 balli (mazmuniga 30 ball, savodxonligiga 20 ball) quyidagi mezonlar asosida baholanadi:

 

Mazmuni

Beriladigan ball

1

Reja mavzuga mos tuzilgan bo'lsa;

3

2

Paragraflar o'zaro ulangan bo'lsa;

2

3

Mavzu to'g'ri, to'liq va batafsil yoritilgan bo'lsa;

10

4

Reja bandlari mazmuni yoritilgan bo'lsa;

5

5

Matnda hikmatli so'z, maqollardan foydalangan bo'lsa;

1

6

Matn mavzu bo'yicha umumiy xulosalangan bo'lsa;

3

7

Mavzu mazmuni hozirgi davr bilan bog'langan bo’lsa;

1

8

Mavzuga mos keladigan epigraf to'g'ri tanlangan bo'lsa;

1

У

Fraza va idiomalardan foydalangan bo'lsa;

1

10

Insho (Essay) husnixat bilan yozilgan bo'lsa;

3

 

Jami:

30

Savodxonligi

Beriladigan ball

1

Inshoda hech qanday grammatik xato bo'lmasa;

20

2

1 ta imlo, 1 ta ishora xatosi bo'lsa;

19

3

1 ta qo'pol bo'lmagan uslubiy, 1 ta imlo. lta ishora  xatosi  bo'lsa;

18

4

1 ta qo'pol bo'lmagan uslubiy, 2 ta imlo, 2 ta ishora xatosi bo'lsa;

17

5

2 ta qo'pol bo'lmagan uslubiy, 3 ta imlo, 3 ta ishora  xatosi bo'lsa;;

16

6

2 ta uslubiy, 4 ta imlo, 4 ta ishora xatosi bo'lsa;

15

7

3 ta qo'pol bo'lmagan uslubiy, 5 ta imlo, 5 ta ishora xatosi bo'lsa;

14

8

3 uslubiy, 5 ta imlo, 5ta ishora xatosi bo'lsa;

13

9

4 ta uslubiy, 6 ta imlo, 6  ta ishora xatosi bo'lsa;

12

10

5 ta uslubiy, 7 ta imlo, 7 ta ishora xatosi bo'lsa;

11

1 1

6 ta uslubiy, 8 ta imlo, 8 ta ishora xatosi bo'lsa;

10

12

7 ta uslubiy, 9 ta imlo. 9 ta ishora xatosi bo'lsa;

9

13

8 ta uslubiy, 1 Ota imlo, 10 ta ishora xatosi bo’lsa;

8

14

Inshoda 9 ta uslubiy, 11 ta imlo, 11 ta ishoraxatosi bo’lsa;

7

15

Inshoda 10 ta uslubiy, 12 ta imlo, 12 ta ishoraxatosi bo’lsa;

6

16

Inshoda 10 dan ortiq uslubiy, 13 ta imlo,13 ta ishora xatosi  bo’lsa ;

5

17

Inshoda 10 dan ortiq uslubiy, 14 ta imlo,14 ta ishora xatos i bo’lsa;

4

18

Inshoda 10 dan ortiq uslubiy, 15 ta imlo, 15 ta ishora xatosi  bo’lsa;

3

19

Inshoda 10 dan ortiq uslubiy, 16 ta imlo,16 ta ishora xatosi  bo’lsa;

2

20

Inshoda 10 dan ortiq uslubiy, 17 ta imlo,17 ta ishora xatosi  bo’lsa;

1

 

Jami ball:

50 ball

Eslatma:

2 ta fan uchun jami 180 daqiqa vaqt beriladi.

2 ta fan baholar   yig’indisi maksimal 100 ballni tashkil qiladi.

INTETERAKTIV XIZMATLAR

VIRTUAL QABULXONA

Sizda hal etilmagan muammolar, ariza, shikoyat yoki takliflar bormi?

QABUL KUNLAR

Rahbar xodimlarining qabuliga on-line murojajat etish

DARS JADVALI

Dars-Muqaddas! Qiziqarli darslar o`quvchini izlanishga undaydi.

KUTUBXONA

Milliy ta`lim kitoblari bazasi, o`quv materiallari, ishlanmalar, prezentatsiyalar hujjatlar arxivi.

MUROJAAT MARKAZI

Telegram oraqali savollaringizga tezkor javob beramiz

ON-LINE DARSLAR

Akademik litsey o`qituvchilarining video darslari