O’zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida”gi Qonuniga muvofiq O’zbekiston Respublikasi hamda xorijiy davlatlarning jismoniy va yuridik shaxslari, shuningdek, fuqoroligi bo’lmagan shaxslar SamDChTI akademik litseyiga ariza, taklif, shikoyat bilan murojaat qilish huquqiga ega.

Murojaatlar og’zaki, yozma yoki elektron shaklda: shaxsan taqdim etilishi, pochta orqali yuborilishi, “ishonch telefoni” +998 (66) 233 11 54 orqali, elektron pochta orqali (info@samdchti-al.uz) yuborilishi mumkin.

Shaxsan taqdim etilgan, pochta aloqasi orqali, “ishonch telefoni” orqali, elektron pochta orqali, SamDChTI akademik litseyiining rasmiy veb-sayti orqali kelib tushgan murojaatlar jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash to’g’risidagi Nizomga asosan ko’rib chiqiladi.

O’zbekiston Respublikasining Yagona interaktiv xizmatlar Davlat portali (Hukumat portali) orqali kelib tushgan murojaatlar, elektron shakldagi murojaatlar sifatida ro’yxatga olinadi va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 30 dekabrdagi 378 sonli qarori bilan tasdiqlangan “O’zbeksiton Respublikasining Yagona interaktiv xizmatlar Davlat portali to’g’risida”gi Nizomida keltirilgan talablarni inobatga olgan holda yuqorida ko’rsatib o’tilgan Nizom asosida ko’rib chiqiladi.

Jismoniy shaxslarning murojaatlarida jismoniy shaxsning familiyasi (ismi, otasining ismi) yashash manzili va murojaatning maqsadi ko’rsatilishi lozim.

Yuridik shaxslarning murojaatlarida yuridik shaxsning to’liq nomlanishi, joylashuv ma’lumotlari (pochta manzili) va murojaatning maqsadi ko’rsatilishi lozim.

Yozma murojaat murojaatchi jismoniy shaxs bo’lganda uning imzosi yuridik shaxs bo’lganda rahbarning yoki vakolatli shaxsning imzosi bilan tasdiqlangan bo’lishi lozim. Agar murojaat etayotgan jismoniy shaxsning yozma murojaatini imzolanganligini biriktirish imkoniyati bo’lmagan taqdirda, murojaat murojaatni tuzgan shaxsning imzosi va qo’shimcha ravishda familiyasi (ismi, otasining ismi) biriktirilishi lozim.

Elektron murojaat, raqamli elektron imzo va boshqa mavjud bo’lgan hujjatlar bilan tasdiqlangan, identifikatsiyalash imkoniyatiga ega bo’lgan elektron hujjat shaklida bo’lishi lozim. Elektron murojaat belgilangan qonunchilik talablariga muvofiq bo’lishi lozim.

Ko’rib chiqilmaydigan murojaatlar: yashirin murojaatlar; vakolatlari tasdiqlanmagan tegishli hujjatlari mavjud bo’lmagan jismoniy yoki yuridik shaxslar orqali taqdim etilgan murojaatlar; qonunchilik bilan belgilangan talablarga javob bermaydigan murojaatlar.

SamDChTI akademik litseyii rasmiy veb-sayti orqali taqdim etilgan fuqarolarning murojaatlarini ko’rib chiqish tartibi:

1. SamDChTI akademik litseyii rasmiy veb-sayti fuqarolarni SamDChTI akademik litseyiga murojaat etish imkoniyatini ta’minlovchi qo’shimcha vosita hisoblanadi.

2. Murojaatlar kelib tushgan kundan e’tiboran o‘n besh kun ichida, qo‘shimcha o‘rganish va (yoki) tekshirish, qo‘shimcha hujjatlarni so‘rab olish talab etilganda esa, bir oygacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqiladi. Ariza va shikoyatlarni ko‘rib chiqish uchun tekshirish o‘tkazish, qo‘shimcha materiallarni so‘rab olish yoxud boshqa chora-tadbirlar ko‘rish zarur bo‘lgan hollarda, ularni ko‘rib chiqish muddatlari bir oyga uzaytirilishi mumkin.

3. O‘zbekiston Respublikasining «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi Qonuni talablariga muvofiq bo‘lmagan murojaatlar ko‘rib chiqilmaydi.

 

 

FOYDALI SAYTLAR