2022-2023 o'quv yili SamDCHTI akademik litseyi qabuli uchun o'tkazilayotgan yozma imtihonlar davom etmoqda

Chop etish

Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyiga 2022-2023-o'quv yili qabuli uchun yozma imtihonlar, 13-iyuldan boshlanganligi haqida xabar bergan edik.

Mazkur yozma imtihonlarning  insho bosqichi davom etmoqda. Unda o'quvchilar tanlangan mavzu bo'yicha belgilangan vaqt davomida ona tili hamda ingliz tilida insho yozish orqali o'z bilim va ko'nikmalarini namoyon etishlari lozim.

Dastlab akademik litseyning mas'ul xodimlari tomonidan o'quvchilarga insho yozish tartibi bo'yicha zaruriy ma'lumotlar berilganidan so'ng o'quvchilar insho yozishga kirishishdi. 

Imtihon jarayonlarida ishtirok etayotgan barcha o'quvchilarga omad tilaymiz!

SamDCHTI akademik litseyi matbuot xizmati