SamDCHTI akademik litseyi o'quvchilari uchun yangi o'quv yili boshlandi

Chop etish

Bugun, 26-sentabrdan SamDCHTI akademik litseyi o'quvchilari uchun yangi o'quv yili boshlandi.

Samarqand davlat chet tillar instituti prorektori, akademik litseyi direktori F.Ro'ziqulov, SamDCHTI akademik litseyi ijrochi direktori Z.Bazarov, litsey mas'ullari, o'quvchilar hamda ularning ota-onalari ishtirokida tanishtiruv tadbiri bo'lib o'tdi.  

Davlatimiz madhiyasi sadolari yangraganidan so'ng SamDCHTI akademik litseyi direktori F.Ro'ziqulov kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli o'tib, 1-kursga qabul qilingan o'quvchilarni samimiy qutlagan holda barcha o'quvchilarga omad va zafarlar tiladi.

Jarayon davomida litseyni 2021-2022-o'quv yilida tamomlab, yuqori natijalar bilan nufuzli xorijiy hamda milliy oliygohlarga talabalikka qabul qilingan o'quvchilarning ota-onalariga minnatdorchilik bildirildi.

— O'tgan o'quv yilida OTMlarga qabul ko'rsatkichlari 81 foizni tashkil qilgan bo'lsa, joriy o'quv yilida ushbu darajani yanada oshirish niyatidamiz. Bu yo'lda esa, siz aziz o'quvchilardan tinimsiz izlanish talab etiladi, - dedi F.Ro'ziqluov.

 

SamDCHTI akademik litseyi matbuot xizmati