Fransuz tili fanidan Respublika fan olimpiadasining saralash bosqichi o'tkazilmoqda

Chop etish

SamDCHTI akademik litseyida o'quvchilar o'rtasida o'tkaziladigan Respublika fan olimpiadasining 1-bosqichi (viloyat fan olimpiadasiga saralash) doirasida fransuz tili fanidan imtihonlar bo'lib o'tmoqda.

Unda o'quvchilar test va yozma(muayyan mavzuga insho yozish) bo'yicha o'z bilimlarini sinovdan o'tkazishmoqda.

Eslatib o'tamiz, mazkur olimpiadaning akademik litsey bosqichidan yuqori natijalar bilan muvaffaqiyatli o'tgan o'quvchilar viloyat bosqichida ishtirok etish imkoniyatini qo'lga kiritishadi.

SamDCHTI matbuot xizmati