O'quvchilar uchun Janubiy Koreyadan darsliklar olib kelindi

Chop etish

Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyida koreys tili bo'yicha tahsil olayotgan o'quvchilarning bilimlarini yanada mustahkamlash, ularni sifatli darslik hamda o'quv qo'llanmalari bilan ta'minlash maqsadida Janubiy Koreya respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tomonidan O'zbekistondagi Koreys tili markazi orqali kitoblar keltirildi.

370 tasi o'quvchilar, 5 tasi o'qituvchilar uchun olib kelingan mazkur darsliklar boshlang'ich hamda o'rta darajali o'quvchilar o'rganishi uchun mo'ljallangan bo'lib, bugun akademik litsey ma'muriyati tomonidan o'quvchilarga foydalanish uchun taqdim etildi.

SamDCHTI akademik litseyi matbuot xizmati