Ona tilimiz qadri hamisha baland bo'lsin!

Chop etish

"Til - har bir davlatning boy tarixi, porloq kelajagi, ma'naviy qadriyatlari ko'zgusi. Inson hayotidagi eng go'zal damlarini ona tilida yodga oladi, g'amgin kunlarida ona tilida Yaratgandan panoh so'raydi, shodlikda ona tilida shukrona aytadi. Insonning ilk eshitgan so'zlari ham ona tilida bo'lishi bejiz emas.

Bugun 21-oktabr O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun. Shu munosabat bilan siz azizlarni ona tilimiz qabul qilinganligining 33 yilligi bilan samimiy muborakbod etaman, xalqimiz ma'naviyati, milliyligimiz ruhi aks etgan ona tilimizning qadr-qimmati hamisha baland bo'lsin!"

Hurmat bilan Zokir Bazarov, 
SamDCHTI akademik litseyi ijrochi direktori