Xolmirzayev Diyorbek Xitoy elchixonasining maxsus stipendiyasiga sazovor bo'ldi

Chop etish

SamDCHTI akademik litseyida tahsil olayotgan iqtidorli o'quvchilardan biri Xolmirzayev Diyorbek Xitoy xalq Respublikasining O'zbekistondagi elchixonasi tomonidan xitoy tilini tirishqoqlik bilan o'rganayotganligi, shuningdek, madaniy-ma'rifiy tadbirlarda faol qatnashib kelayotganligi uchun maxsus stipendiyaga (4 million so'm miqdoridagi) munosib deb topildi.

Diiyorbek singari bilimli, shijoatli va ilmga chanqoq o'quvchilarimiz bilan faxrlanamiz. 

 

SamDCHTI akademik litseyi matbuot xizmati