SamDCHTI akademik litseyi mas'ullari o'quvchilarning ota-onalari bilan uchrashishdi

Chop etish

Bugun Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyida 1-bosqichda tahsil olayotgan o'quvchilarning ota-onalari hamda akademik litsey ijrochi direktori Z.Bazarov va boshqa mas'ullar ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Yug'ilishda o'quvchilarning ota-onalari bilan farzandlarning o'zlashtirish ko'rsatkichlari, tartib-intizomi muhokama qilinib, ularning darslardagi ishtiroki bo'yicha batafsil ma’lumot berildi. Uchrashuv so'ngida ota-onalar akademik litsey faoliyati xususida o'z fikr-mulohazalarini bildirishib, o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

SamDCHTI akademik litseyi matbuot xizmati