Yana bir o'quvchimiz sertifikat sohibasi bo'ldi

Chop etish

SamDCHTI akademik litseyida tahsil olayotgan o'quvchilarimiz ustozlari hamda o'zlarining betinim mehnatlari natijasi o'laroq turli faxrli natijalarni qayd etishmoqda.

Jumladan, akademik litseyning ilmga chanqoq va intiluvchan o'quvchilaridan yana biri Egamqulova Zuxra Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo'yicha milliy sertifikat — CEFR imtihonlaridan muvaffaqiyatli o'tib, B2 darajani qo'lga kiritdi.

Egamqulova Zuxrani erishgan yutug'i bilan  qutlagan holda, kelgusida bundan-da yuqori natijalarni qayd etishini tilaymiz!

 

 

SamDCHTI akademik litseyi matbuot xizmati