Yana bir qiziqarli ochiq darsdan lavhalar

Chop etish

SamDCHTI akademik litseyida tahsil olayotgan o'quvchilarning bilimlarini muntazam ravishda mustahkamlab borish, dars jarayonlarini qiziqarli tashkil etish, mavzularning o'quvchilar yodida uzoq vaqt saqlanishi va tushunarli bo'lishini ta'minlash maqsadida turli ochiq dars hamda amaliy mashg'ulotlar o'quvchilarning faol ishtirokida o'tkazilmoqda.

Jumladan, bugun akademik litsey ona tili va adabiyot o'qituvchisi Nafisa Nuriddinova 2-kurs o'quvchilari ishtirokida "Tobe va hokim so'zning bog'lanish yo'llari" mavzusida qiziqarli amaliy mashg'ulot darsi tashkil qildi.

Jarayon daviomida "Toifalash jadvali", "Beshinchisi ortiqcha", "Qora quti", "Kim chaqqon", "Bumerang", "Krossword" singari metodlardan foydalanilganligi yangi mavzuning yanada tushunarli bo'lishini ta'minladi.

 

SamDCHTI akademik litseyi matbuot xizmati