Zakovatlilar bahsi

Chop etish

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-avgustdagi “Buyuk mutafakkir va qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050-yilligini xalqaro miqyosda keng nishonlash toʻgʻrisida” PQ-361-sonli Qarorini amalga oshirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan tasdiqlangan chora-tadbirlar Dasturning 18-bandida “Akademik litseylar, professional va oliy taʼlim muassasalarida allomaning ilmiy-maʼrifiy merosini oʻrganishga qaratilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, turli tillardagi esse, insho, viktorinalar tanlovlarini tashkil etish” vazifasi belgilangan.

Mazkur topshiriq ijrosini taʼminlash maqsadida SamDCHTI akademik litseyida tahsil olayotgan bir guruh faol. iqtidorli va bilimdon yoshlar o'rtasida "Zakovat" intellektual o'yini qizg'in bahs-munozara tarzida o'tkazildi. O'quvchilarning bo'sh vaqtlari mazmunli o'tishi hamda teran fikrlash qobiliyatlarini yanada oshirishda bu kabi o'yinlarning ahamiyati beqiyosdir.

SamDCHTI akademik litseyi matbuot xizmati