Navoiydan so'z ochsam agar...

Chop etish

Bugun SamDCHTI akademik litseyida buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 582-yilligi munosabati bilan "Navoiydan soʻz ochsam agar..." mavzusida madaniy-ma'rifiy tadbir oʻtkazildi.

Tadbirda akademik litsey oʻquvchilari shoir gʻazallari va ruboiylaridan namunalar oʻqishib, ilm-fan, san’at arbobining hayoti va ijodiga bag'ishlangan sahna ko'rinishini ijro etishganligi tomoshabinlarda o'zgacha taassurot qoldirdi.

Bunday tadbirlarni tashkil etishdan koʻzlangan maqsad esa buyuk mutafakkir bobomizning boy adabiy merosini oʻrganish va targ‘ib qilish, yosh avlod ongiga Navoiy asarlarining badiiy xususiyati hamda tarbiyaviy ahamiyatini singdirish va bu orqali ularning ma’naviyatini yanada yuksaltirishdir.