O'quvchi qizlar bilan davra suhbati o'tkazildi

Chop etish

Sog'lom avlodni voyaga yetkazish, yoshlarni har tomonlama yetuk va barkamol shaxs qilib tarbiyalash bugunning eng asosiy vazifalaridan sanaladi. Shuning uchun ham bu masalaga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Voyaga yetmagan qizlarni erta turmushga berish, istalmagan homiladorlik holatlarining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi" dasturining 4-bandiga muvofiq SamDCHTI akademik litseyida erta nikoh va erta tugʻruq, yaqin qarindoshlar oʻrtasida nikohlarning salbiy oqibatlari toʻgʻrisida davra suhbati Samarqand shahar o'smirlar poliklinikasi xodimlari bilan hamkorlikda  o'tkazildi.

Uchrashuv davomida o'quvchi-qizlarga mavzu yuzasidan batafsil ma'lumot berish barobarida ularni qiziqtirgan savollarga javob berilib, fikr va mulohazalari tinglandi.