Meni taniysizmi, o'quvchim!

Chop etish

 

Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyida o’quvchi yoshlarning bilim olishga bo’lgan intilishlarini yanada oshirish borasida muntazam ochiq dars jarayonlari o’tkazilib kelinadi. Navbatdagi tashkil etilgan ochiq dars O'tkir Hoshimovning ''Dunyoning ishlari'' asari yuzasidan tashkil etilgan bo’lib, unda 202-guruh o'quvchilari qatnashishdi.

Dars jarayoni litsey ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Nazokat Narziyeva tomonidan qiziqarli va samarali olib borilib, o’quvchilarga asar to’g’risida atroflicha ma’lumot berilib, yozuvchining hayoti va ijodi aks etgan lavha havola etildi. Shuningdek, "Meni taniysizmi, o'quvchim?, "Detallar tilga kirganda","Zakovat sinovi" kabi sahna ko’rinishlari ham tashkil etildi.