“Qo’shma gap va qo’shma gapni bog’lovchi vositalari”mavzusida ochiq dars

Chop etish

Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyida o’quvchi yoshlarning bilim olishga bo’lgan intilishlarini yanada oshirish borasida muntazam ochiq dars jarayonlari o’tkazilib kelinadi. Navbatdagi tashkil etilgan ochiq dars “Qo’shma gap va qo’shma gapni bog’lovchi vositalari”mavzusi yuzasidan tashkil etilgan bo’lib, unda 203-guruh o'quvchilari qatnashishdi.

Dars jarayoni litsey ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi  Kuvatova Nafisa tomonidan qiziqarli va samarali olib borildi hamda dars jarayonida “Aql charxi", "Bermud uchburchagi", "Qorbo'ron",  Gugurt donalari", "Toifalash", "Klaster kabi metodlar va videodarslardan foydalanildi.