Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyi o’quvchisi finalga yo’l oladi!

Chop etish

Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyi 207- guruh o’quvchisi  Alimova Shaxrizoda  25- “Yapon tili notiqlik san’ati” ko’rik tanlovida kuchli beshtalikka kirishga muvofaq bo’lgan edi.

Bugun Sharq tillari fakulteti dekani Djurayev Dilshod Mamadiyorovich ishtirokchilarga tanlov oldidan samimiy tilaklar, omad hamda ulkan natijalar tiladi. Eslatib o’tamiz Respublika bosqichi Buxoro viloyatida bo’lib o’tadi, ishtirokchilar 17-mart kuni Buxoro viloyatiga jo’nab ketishadi !