Armrestling bo'yicha o'tkazilgan musobaqa g'oliblari kimlar?

Chop etish

Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyida tahsil olayotgan o'quvchilarning sportga bo'lgan qiziqishlarini yanada oshirish va ular orasida sog'lom turmush tarzini ommalashtirish maqsadida turli xil sport tadbirlari hamda musobaqalar o'tkazib borilmoqda.

Ana shunday musobaqalardan yana biri akademik litsey jismoniy tarbiya o'qituvchilari mas'ulligida 1-kurs o'quvchilari o'rtasida sportning Armrestling turi bo'yicha tashkil qilindi. Bellashuv natijalariga ko'ra:

1- o'rin: To'ychiyev Sheroz, 101-guruh o'quvchisi.
2- o'rin: Saidov Siroj, 107-guruh o'quvchisi 
3-o'rin: Boboxonov Azizbek, 101-guruh o'quvchisi. 

Barcha g'oliblarni erishgan yutuqlari bilan tabriklaymiz.

SamDCHTI akademik litseyi matbuot xizmati