30-iyun "Yoshlar kuni"

Bugun 30-iyun mamlakatimizda "Yoshlar kuni". Bugun har bir yo'nalish, har sohada o'zining tashabbus va g'oyalari, yangi intilish va iste'dodlarini namoyon etayotgan yoshlarimiz mamlakatimizning ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy o'sishida o'zlarining munosib hissasini qo'shishmoqda.

Sana munosabati bilan yurtimizning buguni va ertasini belgilovchi, har sohada faol va shijoatli yoshlarimizni bayram bilan qutlayman! Yurt farovonligi va rivojida siz mustahkam tayanchsiz, aziz yoshlar! Bayramingiz muborak bo'lsin!

 

Zokir Bazarov,

Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyi ijrochi direktori